O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi

Faxriylar bilan uchrashuv

        Adliya vazirligi qoshida jamoatchilik asosida faxriylar kengashi tuzilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bugungi kunda faxriylarimiz adliya tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan yosh mutaxassislarga o‘zlarining ish tajribalarini o‘rgatish, hayotiy maslahatlarini berish kabi xayrli ishlar bilan shug‘ullanmoqda.
 
        Yaqinda Samarqand viloyati adliya boshqarmasida faxriylar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Adliya vazirligi Faxriylar kengashining raisi Ermuhammad Shermatov ishtirok etib, tizimda uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar bilan uchrashib, ularning ish tajribalari xususida yuz­ma-yuz muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi qoshida ham jamoatchilik asosida faxriylar kengashi tuzish, hamda uning rahbarini saylash masalasi qo‘yildi. Ovoz berish yo‘li bilan jamoatchilik asosida faxriylar kengashining viloyat kengashi rahbari etib Muzaffar Aminov saylandi.

        Shu kuni faxriylar Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik fakulteti talabalari bilan ham muloqot o‘tkazib, bo‘lajak huquqshunoslarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
 
Azim QODIROV,
“Inson va qonun” muxbiri
Aloqaga chiqish Sayt shemasi