O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi

Qarz shartnomasi U qanday amalga oshiriladi?

        Qarz munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 41-bobida aniq belgilab qo‘yilgan. Unga muvofiq fuqarolar o‘rtasida qarz hajmi eng kam ish haqining 10 barobaridan ziyodni tashkil etsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi kerak. Bunda qarz shartnomasining notarial tartibda tasdiqlanishi shart emas. Lekin, taraflardan biri shartnomaning notarial tasdiqlanishini talab etsa, bu so‘rovni amalga oshirish lozim.
 
        Qonunda shartnoma bo‘yicha qarz beruvchining foiz olishga haqli ekanligi ham belgilab qo‘yilgan. Foizlar hajmi mahalliy bank muassasasining xulosasi va qonun talabiga muvofiq aniqlanadi. Masalan, amaldagi holatlarga ko‘ra yillik ustama qarz umumiy qiymatining 25-30 foizi hajmida belgilanib, qarz shartnomasida o‘z aksini topishi kerak yoki ustamalar ko‘zda tutilmagan holatlar ham bo‘lishi mumkin. Agar, bu holat nizoga sabab bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 324-moddasiga murojaat qilish lozim. Unga ko‘ra da’vogar Axborot-hisoblash Markazining iste’mol mollari va xizmat ko‘rsatish haqlarining o‘sish darajasi ha­qidagi ma’lumotnomasi asosida pulning qadrsizlanishi oqibatida ko‘r­gan zararni sud orqali qoplashga haqlidir.

        Qarz shartnomasida to‘­lov miqdori, u rasmiylashtirilgan sana, qaytarish muddati ko‘rsatilishi shart. Basharti shartnomada, qarzning qaytarish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, qarzdor zimmasidagi majburiyatini to‘lov talab qilingan sanadan e’tiboran ado etishi kerak. Ushbu muhlatga amal qilinmaydigan ho­latlarda da’vogar qarz miqdorining 5 dan 20 foizigacha davlat bojini amalga oshirgach, qarzini undirib berish yuzasidan sudga murojaat qilishi mumkin.
 
Tolib EShMANOV,
Samarqand shahar
16-son davlat
notarial idorasi katta notariusi
Aloqaga chiqish Sayt shemasi