O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi

Tegramizdagi tahdid Fasllar o‘zgarmoqdami? (Ikkinchi maqola)

Million
yillar avval...

        Erning iqlimi hech qachon o‘zgarmay qolmagan. U hamisha o‘n yillardan million yillarga qadar barcha davriy ko‘lamlarda tebranib turgan. Olimlar yer iqlimi ko‘p marotaba o‘zgarganligi haqida isbotlar keltirishgan. Agar qadimgi davrga bir nazar solsak, bir vaqtlar Yer yuzasi qor uyumi bilan qoplangan yoki “pechka” kabi qizigan. Bunda iqlimni bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi Yer yoshiga nisbatan ancha katta bo‘lgan muddat ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu o‘tish muddati davomiyligi 100 mingdan 500 ming yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. So‘nggi muzlik davri ana shunday isishga sakrash orqali yakunlangan. Fanda ma’lumki, so‘nggi million yil mobaynida o‘nga yaqin bir-birini almashtiruvchi muzlik davrlari va ular orasidagi iqlim sakrashlari kuzatilgan. Bularning ichida eng jadal sur’atdagi sakrashlar yuz ming yilga to‘g‘ri keladi. Muzlik davrlari hozirgi iqlimga nisbatan sovuq bo‘lgan, lekin ular orasidagi bos­qichlarda u iligan. Butunjahon metereologik tashkilotining bergan ma’lumotlari, ob-havo haroratining ko‘tarilishini tasdiqlamoqda. Paleografik usullar orqali bilvosita tarzda olingan ma’lumotlar esa, hozirgi davrda bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlarini tabiiy hol sifatida qarashni asoslamoqda. Grenlandiyani o‘rta asrlarda “Yashil yer” deb atashgani, uning “maksimum” iqlimi isiganligini ko‘rsatadi. Sahroi Kabirda esa bir vaqtlarda nam iqlim va o‘simlik dunyosiga boy bo‘lgan davr bo‘lganligini ta’kidlashadi. Aytishlaricha, Dinozavrlar yashagan davrda hozirgiga nisbatan iqlim harorati taxminan 70S gacha yuqori bo‘lgan.

Global isish
biologik turlarni
kamaytirmoqda
        Keyingi 10 ming yil davomida iqlim nisbatan barqarorlashgan va 10S dan kam o‘zgargan. Hozirda havo harorati o‘zgarishigina emas, balki atmosferaning kimyoviy tarkibi va uning oqibatlari ko‘pchilikni xavotirga solmoqda. Havo haroratining o‘zgarishi — xavfdan ogohlantirish belgisi, xolos. Ammo, olimlar muhim bir xulosaga keldilar: Yer havo haroratining 2oS ga o‘zgarishi, biologik turlarning ommaviy kamayib ketishiga olib keladi. Yevropa davlatlarida hayvonot va o‘simliklar biologik turlarining keskin kamayishi ming yillik oxiriga kelib xavfli tus olishi mumkin ekan. Keyingi 150-250 yil ichida yerdan foydalanishdagi o‘zgarishlar tufayli biomassa va tuproq uglerodi miqdori sezilarli darajada qisqardi, bu esa yer ekotizimida uglerod zaxirasi ham kamayganini bildirarkan. Natijada, atmosferaga katta miqdorda SO2 chiqa boshladi. O‘rmon maydonlari, ayniqsa, tropik mintaqalarda, Afrikada katta miqdordagi chorva mollarining boqilishi tufayli yaylovlar degaradatsiyasi kelib chiqmoqda. Bu nafaqat mahalliy, balki global iqlim jarayonlariga ham salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Ko‘plab hududlarda cho‘llanish jarayoni sodir bo‘lmoqda.
 
Global isish:
inson uchun xavflimi?
        Global isish sharoitida eng katta xavf va tahdid hali rivojlanmagan mamlakatlar aholisi boshiga tushishi mumkin, — deyiladi ayrim ma’lumotlarda. Salomatlik ham iqlim o‘zgarishiga bevosita bog‘liq ekan. Kuchli issiqlik, dovullar, toshqinlar va qurg‘oqchilik har yili o‘n ming­lab odamlarni hayotdan olib ketyapti. Iqlim o‘zgarishi sababli kelib chiqayotgan diareya, bezgak va oqsil yetishmasligi kabi kasalliklar kelib chiqib, natijada butun dunyoda yiliga 3 milliondan ortiq kishining umriga zomin bo‘lmoqda. Bu raqamlar salomatlikka ta’sir qiladigan oqibatlar oldini ololmaydi, albatta. Ammo insonlar bir-biri bilan uzviy bog‘langanligi uchun ham kasallik tez tarqaladi. Avvalo, ular bunday global iqlim o‘zgarishlarini bartaraf etishga qodir emaslar. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, ichimlik suvi quvuri va oqava suv tizimlarining buzilishi hisobiga ichak infektsiyalari, cho‘ktirilgan hududlarda chivinlarning ko‘payishidan “ma­lya­riya” kasalliklari kelib chiqishi natijasida yuz millionlab aho­lining sog‘ligi xavf ostida qolishi mumkin.

        Dunyoda har yili global iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari yer yuzida 350000 kishining o‘limiga sabab bo‘larkan, 2020 yilga kelib, har yili qurbonlar soni 5 million kishini tashkil etishi taxmin qilinmoqda.

        Mana, yangi asrning o‘n yilligidan ham xatlab o‘tdik. Xulosa qilib ko‘r­sak, biz atmosferaga turli zaharli chiqindilar chiqarishni ma’lum darajada qisqartirdik. Balki, bizda atmosferani shu yo‘l bilan tozalash imkoniyati vujudga kelar. Yoki iqlimdagi bu notabiiylik kuni kelib o‘z muvozanatini qayta tiklarmikin?
 
Umid SORIEV,
“Inson va qonun” muxbiri
Aloqaga chiqish Sayt shemasi