|
Tadbirkor zimmasidagi majburiyatlar savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish jinoyatlariTadbirkor zimmasidagi majburiyatlar savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish jinoyatlari Mamlakatimizda chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-sonli qarorida ko‘rsatilgan qoidalar va boshqa bir qancha me’yoriy hujjatlar orqali tartibga solinadi. Mazkur qoidalar savdo rastalari va bozorlardagi savdo o‘rinlari orqali chakana savdo qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi. Unga ko‘ra, quyidagi shaxslar O‘zbekiston Res-publikasi xududida chakana savdo bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar:
Huquqshunos olim M.Rustamboyev ta’kidlaganidek, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish jinoyatining obyekti, mulk shaklidan qatyi nazar, savdo korxonalari, umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatidir. “Obyektiv tomondan jinoyat savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishda namoyon bo‘ladi”. Lekin bu jinoyatning obyektiv tomoni Jinoyat kodeksida ham va ba’zi bir jinoyat huquqi fani darsliklarida ham to‘lik aksini topmagan. Jinoyatning obyektiv tomoni Vazirlar Maxkamasining 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan chakana savdo qoidalarida belgilangan bo‘lib, uning 189-bandiga ko‘ra, ushbu qoidalarni buzish quyidagi hollarda Ma’muriy javobgarlik va Jinoyat kodeksiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi:
Bu harakatlar jinoyatning obyektiv tomoni belgilari hisoblanadi. Bu borada sud amaliyotidan bir misol keltiramiz. Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudining hukmida sudlanuvchilar S. Yakubov va B.Saitov belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan, nazorat kassa mashinalarini o‘rnatmasdan sifatsiz oziq-ovqat va spirtli ichimliklar bilan savdo qilishgan. Sud ularning jinoiy harakatlarini Jinoyat kodeksining 188, 189, 190-moddalari bilan malakalagan. Ushbu sud amaliyotidan ko‘rish mumkinki, aybdor shaxslar noqonuniy faoliyatida savdo qoidalarini buzish harakatlari mavjud. Sud jazo tayinlashda ana shu obyektiv tomonning belgilariga e’tibor qaratgan. Ba’zi bir sud hukmlarida bunday harakat faqat Jinoyat kodeksining 188 va 190-moddalari bilan malakalangan. Ya’ni moddalar sudlar tomonidan turlicha talqin qilinmokda. Quyidagi qoidalar buzilganda javobgarlik choralari qo‘llaniladi:
Bu harakatlar jinoyatning obyektiv tomoni belgilari hisoblanadi. Subyektiv tomondan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish jinoyati qasddan sodir etiladi. Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan akdi raso va savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasida ishlovchi jismoniy shaxslar hisoblanishadi. Xullas, savdo yoki xizmat ko‘rsatish koidalarni buzish jinoyati uchun jazo tayinlash, bu jinoyatlarni tasniflashda sud amaliyotida bir qancha muammolar mavjud. Ushbu muammolar jinoyatning obyektiv tomoni belgilariga e’tibor bermaslik oqibatida kelib chiqmoqda. Bugungi kunda ushbu jinoyatlarni sud amaliyotida tasniflash va jazo tayinlashda qo‘llanma sifatida foydalanib, jinoyatlarning obyektiv va subyektiv belgilarini aniqlashda yordam beradigan alohida Oliy sud Plenumi qarori mavjud emas. Shuning uchun ana shunday muammolar va kamchiliklarning oldini olish maqsadida Oliy sud tomonidan “Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish jinoyati uchun jazo tayinlash haqida”gi Plenum qarori qabul qilinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. SH. Abduqodirov
TDYUI aspirant-tadqiqotchisi
Hayot va Qonun 2005 yil ¹ 2
|