|
O‘zbeknston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatinnng konstitutsiyaviy kafolatlanishiO‘zbeknston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatinnng konstitutsiyaviy kafolatlanishi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so‘ng, 1992 yil 8 dekabr kuni o‘z konstitutsiyasini qabul qildi. Ushbu konstitutsiya xalqaro huquq normalari va Birlashgan millatlar tashkiloti hujjatlari hamda rivojlangan davlatlarning dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda qabul qilindi. Ushbu konstitutsiya o‘z ichiga 6 bo‘lim, 26 bob, 128 ta moddani o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinlikdari, burchlari; jamiyat va shaxs munosabatlari; davlatning ma’muriy va hududiy tuzilishi; davlat hokimiyatini tashkil etilishi va boshqa munosabatlarni o‘z ichiga olgan. Konstitutsiyaning 12-bobi bevosita jamiyatning iqtisodiy negiznga bag‘ishlangan bo‘lib, uning 53-moddasiga ko‘ra «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxilsiz va va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etnlishi mumkin». Bu norma har bir fukaroning mulkdor bo‘lishi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullaiish huquqini kafolatlaydi. Ushbu konstitutsiya normasi asosida O‘zbekiston Respubdikasining «mulkchilik to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi mulkiy huquqni amalga oshirishni kafolatlaydi, mulkdorning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, mol-mulkni ko‘paytirishni cheklashga hamda uni majburan tortib olishga yo‘l qo‘yilmasligi, O‘zbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaxslariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasi teng sharoitlar yaratib berishi, mulkdor o‘zga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkiii O‘zbekiston Respublikasi fukarolari qonunlariga muvofiq talab qilib qaytarib olish huquqiga ega ekanligi, mulkdor o‘z huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bog‘lik bo‘lmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi mumkniligi belgilaigan, agarda davlat boshqaruvi idorasi yoki davlat hokimiyati mahalliy idorasi tomonidan qonunga xilof bo‘lgan hujjatning qabul qiliiishi natijasida mulkdoriiig va boshqa shaxslarning o‘zlariga qarashli molmulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish borasidagi huquqlari buzilgai taqdirda bunday hujjaat mulkdorning yoki huquqi buzilgai shaxsiiig da’vosiga bioan sud tomnidan haqiqiy emas deb topilishi va mazkur hujjatlarni chiqarish oqibatida fuqarolar, tashkilotlar va boshqa shaxslarga yetkazilgan zararlar tegishli hokimyat yoki idora organi ixtiyoridagi mablag‘ hisobidan to‘la-tukis qoplanishi shart ekanligi va davlat organlari mulkdorga yoxud to‘la xo‘jalik yuritish, bevosita boshqarish huquqi bo‘yicha yoki qonun yoxud shartiomada nazarda tutilgan boshqa asosda mol-mulkka egalik qiluvchi shaxslarga O‘zbskiston Respublikasning qonunlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha vazifalar yoki cheklashlar belgilab qo‘yishga huquqli emasligi hamda davlat organlari shaxslarning o‘z mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat huquqlarini amalga oshirishiga qonunga xilof ravishda aralashganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun qonunda nazarda tutilgan hajmda mulkiy javobgar bo‘lisht kafolatlab qo‘yilgan.. Yukoridagi konstitutsiyaviy norma O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun bilan ham belgilangan bo‘lib, ushbu qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquq va manfaatlarini kafolatlash hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati subyektlarinint huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Qonunning 3-moddasida tadbirkorlikka tushuncha berilgan bo‘lib, unga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. Bu qonunda ham tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan kafolatgan bo‘lib, 18 va 19-moddalarida tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari, ya’ni, davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza qilishini kafolatlanishi, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi, mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi, tadbirkorlarga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan va ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan har qanday faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgalangan tartibda shug‘ullanishlari mumkinligi ko‘rsatilgan. Konstitutsiyaning 54-moddasida “Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan quriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shartligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida davlat tomonidan mulkchilik va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berilishiga qaramasdan, ayrim shaxslar bu huquqlarni qasddai suiiste’mol qilish holatlari uchrab turmoqda. Bunday shaxslar uchun qonun hujjatlarida moliyaviy, ma’muriy va jiioiy javobgarlik belgilab qo‘yilgan. Shulardan jinoiy javobgarlikka to‘xtaladigan bo‘lsak, bu jinoyatlarning asosiy qismini: soxta bankrotlik (180-modda), bankrotlikni yashirish (181-modda), bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini bo‘zish (182-modda), monopoliyaga qarshi qaratilgan qonun hujjatlarini buzish (183-modda), soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (184-modda), sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish (186-modla), etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda iishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish (186-1-modda), savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish (188-modda), savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish (189-modda), faoliyat bilan litsenzisiz shug‘ullanish (190-modda) raqobatchini obro‘sizlantirish (192-modda) jinoyatlari tashkil qiladi. Bu huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan bunday shaxslarga nisbatan jazolar ko‘llaniladi:
Bu jazo turlari faqagina aybdor shaxslar tomonidan qonunga xilof tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan taqdirdagina kelib chiqadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, respublikamizda har bir fuqaroning mulkdor bo‘lish va erkin tadbirkorlik faoliyati bilan qonuniy shug‘ullanishi uchun barcha shart-sharoitlar va konstitutsiyaviy normalar yaratilgan va bu davlat tomonidan kafolatgan. SH. Abduqodirov TDYUI aspirant-tadqiqotchisi |