|
Tadbirkorlar huquqlari va ularning manfaatlarini himoya qilishning ayrim masalalariTadbirkorlar huquqlari va ularning manfaatlarini himoya qilishning ayrim masalalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga ko‘ra «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotinnng negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin». Bu norma har fuqaroning mulkdor bo‘lishi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini kafolatlaydi. Yuqoridagi konstitutsiyaviy norma O‘zbekiston Respublikasinipg 2000 yil 25 maydagi "Tadbirkorlik faoliyatini erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun bilan ham belgilangan bo‘lib, ushbu qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdai, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkordik faoliyati subyektlarining huquqlarn aa qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Qonunning 3-moddasida tadbirkorlikka tushuncha berilgan bo‘lib, unga ko‘ra tadbirkorlnk faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. Bu qonunda ham tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan kafolatgan bo‘lib, 18 va 19-moddalarida tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari, ya’ni, davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza qilishini kafolatlanishi, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi, mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi, tadbirkorlarga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan va ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan har qanday faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgalangan tartibda shug‘ullanishlari mumkinligi ko‘rsatilgan. Shuningdek konstitutsiyaning 54-moddasida mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etish huquqi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasn Prezidenti “Mamlakatimiz kelajagini belgilab beradigan bu toifa vakillariga shunday huquqiy zamin, imtiyoz va kafolatlar tizimini yaratish kerakki, ular o‘zi, o‘z oilasi, butun mamlakat iqtisodiyotining ravnaqi yo‘lida emin-erkin va aniq maqsad bilan mehnat qila olsinlar”1. Bu borada tadbirkorlik faoliyatini olib borish davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga keng yo‘l ochib berildi. Jumladan, amaldagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga asosan tadbirkorlik faoliyati subyektlariga quyidagi huquqlar belgilab berildi:
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek ushbu qonunga ko‘ra davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini, tadbirkorlarga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish, tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan va ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan har qanday faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug‘ullanish, tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotning (bajargan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarning) hamda ularni realizatsiya qiliùdan olgan daromadlarining (foydaniig) mulkdori bo‘lish, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplanib, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy tulovlar tulanganidan keyin qolgan daromadi (foydasi) ular tomonidai ixtiyoriy ravishda ishlatilishi, tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘z pul mablag‘lariii mustaqil ravishda tasarruf etish tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq, tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil tarzda amalga oshirish, mol-mulk mulkdori o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatii qilish, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari qonunlarda nazarda tutilgan tartibda himoya qilish huquqini kafolatlaydi. Davlatimiz tomonidan tadbirkorlar manfaatini himoya qilish maqsadida tadbirkorlik faoliyati olib borishga tusqinlik qilgan shaxslarga nisbatan javobgarlik masalasi faqat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2411-modda (qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish)da belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra mansabdor shaxsning qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish deganda, tadbirkorlik faoliyati subyektini ro‘yxatdan o‘tkaznshni g‘ayriqonuniy rad etish yoki uni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash, muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beriishn g‘ayriqonuniy rad etish yoki uni berishdan bo‘yin tovlash, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilinganda belgilangan tartibini buzish, tadbirkorlik faoliyati subyektining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, xuddi shuningdsk uning mustaqilligini boshqacha tarzda cheklash yoki uning faoliyatnga boshqcha tarzdagi g‘ayriqonuniy aralashishi tushuniladi va bu harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llaniladi.2 Lekin shunday jazo belgilaiiùiga qaramasdan, ayrim mansabdor shaxslar hozirda ham tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilib kelayotgan shaxslar ham uchramoqda va bu esa bunday shaxslarga nisbatan qat’iy va keskin chora ko‘rish lozimligini, aybdor shaxslarning faqatgina ma’muriy jazolanishi bilan cheklanib qolmaslikni keltirib chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi Prezidentimizning "Tadbirkorlar faoliyatiga noxolis, tirnoq ostidan kir qidirish kayfiyati bilan qarashdan butunlay voz kechish, aksincha, ularning manfaatlari va qonuniy huquqlari himoyasini tula ta’minlash fursati yetdi”,3 degan fikrlari aynan tadbirkorlik faoliyatining himoya kiliiishiga qaratilgan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda tadbirkorlar manfaatini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va bu bo‘yicha mansabdor shaxslarning ma’suliyatini oshirish maqsadida ba’zi rivojlanayotgan davlatlar singari amaldagi jinoyat kodeksiga qonuniy tadbirkorlik faoliyati olib borishga to‘sqinlik qilish deb nomlangan yangi moddani kiritish maqsadga muvofiqdir. Unga ko‘ra qonuniy tadbirkorlik faoliyati olib borishga to‘sqinlik qilish, ya’ni tadbirkorlik faoliyati subyektini ro‘yxatdan o‘tkazishni g‘ayriqonuniy rad etish yoki uni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash, muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishni g‘ayriqonuniy rad etish yoki uni berishdan bo‘yin tovlash, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, mulkchilik shaklidan katyi nazar tadbirkorlik faoliyati subyektining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, xuddi shuningdek uning mustaqilligini boshqacha tarzda cheklash yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzdagi g‘ayriqonuniy aralashishda ifodalanadi. Jinoyat subyekti 18 yoshga to‘lgan, tadbirkorlik faoliyati subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish va muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish va nazorot qilish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar hisoblanishi mumkin. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, amaldagi jinoyat qonunchiligiga bu yangi moddaning kiritilishi tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga va tadbirkorlikning rivojlanishiga yaqindan yordam beradi. 1. Krimov I. “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni moderinizatsiya va isloh etishdir”. Toshkent, «O‘zbekiston”, 2005 yil 50-bet.
|