O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi

O‘lim jazosi kerakmi?

O‘lim jazosi kerakmi?

Ma’lumki, jazo qonun bilan belgilangan huquqiy cheklovlarning yig‘indisidir. Shu vaqggacha eng yuqori jazo — o‘lim jazosi bo‘lib keldi. Buning natijasida inson eng oliy ne’mat — hayotidin va shu bilan birga o‘ziga berilgan boshqa barcha huquqlardan butunlay mahrum bo‘ladi.

Boshqa jazo choralarida, masalan, ozodlikdan mahrum qilishda faqat uning ozodlikka bo‘lgan huquqi ma’lum bir vaqt mobaynida cheklanadi. Oilasi, farzandlari bilan muloqatda builishi erkin harakatlanish huquqidan mahrum bo‘ladi. Axloq tuzatish ishlarida majburiy mehnatga jalb qilinadi va nazoratda bo‘lgani holda tegishli cheklovlar qo‘llanadi.

Jazoni qo‘llashdan maqsad insonni qayta tarbiyalash bo‘ladigan bo‘lsa, o‘lim jazosini qo‘llashdan nima ko‘zlanadi? O‘lim jazosi sodir etilgan jinoyat uchun davlatniig tirik bir iisonni hayotidai atayin mahrum qilish yo‘li bilan qasd olishidan boshqa narsa emas. Vaholanki, jazo huquqiy prinsiplar talabiga ko‘ra jinoyat sodir etgan shaxslardan qasd olish uchun qo‘llanilmasligi kerak. «Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yana jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jizo tayinlanishi» lozim (JKning 7-moddasi).

O‘lim jazosining salbiy oqibati shundaki, jinoyat ijro etilganidan keyin uning adolatsizligi aniqlansa yo‘qotilgan hayotni o‘rniga tiklab bo‘lmaydi.

O‘lim jazosi qadimdan mavjud bo‘lib, u qo‘rqitish va shu orqali boshqa og‘ir jinoyatlar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan. Bu turdagi jazoni sovet hokimiyati keng qo‘llagan. Ayniqsa 1918 yili chiqarilgan «Sotsialistik vatan xavf ostida» sarlavhali dekret fuarolarni sud va tergovsiz otib o‘ldirish huquqini bergan. Bu tamoyil Stalin qatag‘oni davrida keng qo‘llandi. Xalqaro jamoatchilik tazyiqi ostida bunday jazo bir necha bor bekor qilinib, yana tiklangan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng 1994 yili yangi Jinoyat kodeksi qabo‘l qilindi. Bu kodeksda o‘lim jazosi jazoning umumiy tizimiga kiritildi. JKning 51-moddasida dastlab 13 ta jinoyat uchun o‘lim jazasi nazarda tutilgan edi

2001 yil 29 avgustda O‘zbekistonning Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga muvofiq JKda o‘lim jazosi qo‘llanadigan moddalar 4 taga, 2003 yilga kelib esa 2 taga qisqardi. Voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshgan fukarolar va ayollarga bu jazo qo‘llanilmaydi.

Qadimgi xorijiy davlatlarda, jumladan Misrda o‘lim jazosi eng og‘ir jazo hisoblanib, udavlatga xiyonat, qo‘zg‘alon ko‘tarish va fitna uyushtirish kabi g‘olatlarda aybdorning o‘ziga, ba’zan qarindoshlariga nisbatan ham qo‘llanilgan. Bunda isyonchi o‘ldirilib, jasadihamma qfatori yerga ko‘milmay, suvga cho‘ktirilgan.

Bobil davlatida o‘lim jazosi qullarga nisbatan belgilangan.

Bizning zamonamizga kelib 1950 yil 4 noyabr kuni Rim shahrida Yevropa kengashiga a’zo bo‘lgan davlatlar inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish haqidagi Yevropa konvensiyasga imzo chekdilar. Konvensiyaning 6-raqamli qarori o‘lim jazosini bekor qilish masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib uning 1-moddasida shunday deyilgan: “O‘lim jazosi bekor qilinadi. Biror kimsani o‘lim jazosiga hukm qilish yoki qatl etish taqiqlanadi».

Shunga qaramay, hozirgi kunda AQSHning 34 ta shtatida bu jazoning besh turi qo‘llanadi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikadagi tuqsonga yaqip mamlakatda o‘lim jazosi mavjud. Ayrim davlatlarda, jumladan, Portugaliya (1976), Nikaragua, Peru (1979), Salvador (1983), Argentina (1985), Filippin (1987), Ruminiya (1989) va Ispaniya (1978)da bu jazo bekor qilingan.

Hozirgi vaqtda ko‘pgina mamlakatlarda bu turdagi jazoni jazo tizimidan olib tashlash tendensiyasi kuzatilayapti. Ayrim davlatlarda bu jazo umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirildi.

Mamlakatimizda tahdid solayotgan terroristik guruhlar o‘lim jazosini bekor qilish masalasini ortga surishi mumkin. O‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarning aksar hollarda jazodan hayiqmasligi, hatto undan turli yo‘llar orqali qutulib ketishga ishonishi qaysidir ma’noda bu jazoni qo‘llashni taqozo etadi.

Xulosa qilib aytib o‘tadigan bo‘lsak, jahon tajribasi va adolat tamoyillaridan kelib chiqib jinoyat qonunchiligidan o‘lim jazosini olib tashlash uchun ham kamida ma’lum muddat talab qilinadi. Or-nomusli, milliy qadriyatlarga sodiq, xalqqa yangilikni singdirish, uning umuminsoniy jihatlarini targ‘ib qilish oz muddatda amalga oshiriladigan ish emas. Ikkinchidan, umrbod yoki uzoq muddatli jazoni o‘tash joylarini qurish ham bu yo‘ldagi dolzarb muammolardandir.


1. Krimov I. “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni moderinizatsiya va isloh etishdir”. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruza. “Xalq so‘zi”, 2005 yil 20-son.

2. Zagoskin I. “Ocherik istorii smertnoy kazni v Rossii”. Kazan. 1982. 27-b.


Salomat Niyozova,
Tadqiqotchi
Qonun himoyasida 2005 yil 4 (112)



Aloqaga chiqish Sayt shemasi