|
Talon-taroj subyektiTalon-taroj subyekti O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 17-moddasiga ko‘ra jinoyat sodir etgunga qadar 16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar jinoyatning subyekti bo‘la oladi. JKda jinoyatning subyekti deb faqat jismoniy shaxs, ya’ni inson tushuniladi. Bu o‘z navbatida hayvonlar va yuridik shaxslarni javobgarlikka tortmaslikni nazarda tutadi. Qonunda belgilangan yoshga kirganlik shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun zarur bo‘lgan shartlardan biridir. Jinoiy javobgarlik yoshi ixtiyoriy belgilanmaydi. balki shaxsning ruhiy, fiziologik, ijtimoiy o‘sish darajasini, shuningdek kriminologik mezonlarni e’tiborga olgan holda qabo‘l kilinadi. Ishtirokchilikda birovlarning mulkini talon-taroj qilish subyektining yoshi JKning 17-moddasida shu Kodeksning 164- va 169-moddalarida 14 yosh, 165-166 - JKning 17-moddasida nazarda tutilgan 168-moldalar uchun esa 16 yosh qilib belgilangan. JKning 18-moddasida: “... jinoyat sodir etish vaqtida o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o‘z harakatlarini boshqara olgan shaxs aqi raso deb topiladi», — deyiladi. Shunga ko‘ra ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqi noraso holatda bo‘lgan, ya’ni surunkalari ruhiy kasalligi, ruhiy holati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi sababli o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxs javobgarlik-ka tortilmaydi (JKning 18-moddasi 2-qismi). Ishtirokchilikda birovlarning mulkini talon-taroj qilish hollarida guruh a’zolari subyekt yoshiga yetmagan yoki aqn noraso kishilardan foydalanadi. Bunday holda ular ishtirokchilik bilan birga 127-moddaning 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat (voyaga yetmaganlarni jinoyatga jalb etish) uchun ham javobgarlikka tortiladilar. Sud aqli noraso deb topgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sinda majburlov choralari qo‘llaniladi. Mazkur choralarni bemorga xukm e’lon qilingan kunga qadar yoki belgilangan jazoni o‘tayotgan vaqtda uning harakatlari atroflagilarga xavf to‘g‘dnrishi mumknn bo‘lsa qo‘llaniladi. Aqli norasolik 2 ta mezon bilan ifodalanali:
Aqli norasolikning yuridik mezoni shundan iboratki, bunda shaxs o‘zining harakati to‘g‘risida o‘ziga hisob bera olmaydi, harakatlarini boshqarolmaydi. Shaxsni aqli noraso deb topish uchun albatga sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazilishi lozim. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning maxsus subyekti ham mavjud. Bunda subyektning zaruriy belgilari (yoshi, aqli rasoligi) bilan birga albatga boshqa belgilar ham bo‘lishi kerakki, busiz shaxs tegishli norma bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas1. Maxsus subyektning belgilariga uning fuqaroligi, jinsi, yoshi, mansabi, harbiy xizmatta aloqadorligi, bajarayotgan ishi, kasbiy va shaxsiy majburiyatlari kiradi. U, JKning 17-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan aqli raso shaxs bo‘lishi kerak. Ko‘pgina huquqshunoslar maxsus subyekt yoshini turlncha Talqin qiladilar. Jumladan, V.Kudryavsev 18 yoshni balog‘at yoshi deb bersa, boshqalar subyekt bo‘lishga 14 va 16 yosh xos deya 18 yoshga kirganlik holatini maxsus subyekt belgisiga kiritishadi2. Ko‘pchilik bo‘lib birovlarning mulkini talon-taroj qilishda ham ishtirokchilarning biri maxsus subyekt bo‘lishi mumkin. Masalan, JKnnng 167-moddasi 2-qismi «g» bandida mansab mavqiyeni suiiste’mol qilgan holda o‘zlashshrish yoki rastrata yo‘li bilan birovlarning mulkini talon-taroj qilganlik uchun javobgarlik belgilangan bo‘lib, ushbu jinoyatning subyekti mansabdor shaxs bo‘ladi. Mansab mavqeini suiiste’mol qilib birovlarning mulki talon-taroj qilinganda mulk:
Mansab mavqeidan foydalangan holda birovlarning mulkini talon-taroj qilishning usullari xilma-xil. Shundan soxta hujjatlardan foydalanish eng ko‘p uchraydi. Talon-tarojni yashirish maqsadida mansab soxtakorligi sodir etilsa, bunday holda aybdorlarning qilmishini JKning 167- va 209-modlalari bilan kvalifikatsiya qilish zarur. Mansabidan foydalangan holda sodir etilgan talon-taroj hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishlan farq qiladi (JKning 205-moddasi), ya’ni talon-tarojda aybdorning maqsadi moddiy boylikni o‘zil-kesil o‘ziniki kilib olish yoki boshqalarning foydasiga o‘tkazib yuborishdan iboratdir. Lavozimini suiiste’mol qilish vositasida mol-mulkni o‘zlashtirish yoki talon-taroj qilishla jinoyatning to‘galdangan vaqti suiiste’molchilikning boshlanish vaqti emas, mulkka egalik qilish yoki uni g‘arazli maqsadda birovlarga berish paytidan boshlanadi. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilishda shuni nazarda tutish lozimki, mansabdor yoki moddiy javobgar bo‘lmagan shaxs bu ishda qatnashgan bo‘lsa, u JKning 28-moddasiga binoan javobgarlikka tortiladi. Ayni paytda agar jinoyatni bir guruh kishilar oldindan kelishib amalga oshirsa, ya’ni bu qilmishda yuqorida qayd etilgan shaxslar ham ishtirok etgan bo‘lsa, mansabdordan tashqari barcha ishtirokchilar JKning 167-moddasi 2-qismi «b» bandi bo‘yicha, mansabdor shaxs esa mazkur modda 3-qismining «v» bandiga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Masalan, Toshkent shahridagi banklardan birida ishlovchi O. va B. jinoiy til biriktirishadi. Xizmat mavqeidan foydalanib D., S., G., va X. degan kishilarning ishonchini qozongan holda fuqarolarga berilaligan o‘y-joylarga taalluqli 10 ta kvartira uchun ularning pasportlarini qo‘shib uy haqining 20 foizi miqdorida, jami 3.500.000 sum pul olishadi. Ammo ularga bu haqda biror-bir hujjat bermay yashirinadi3. Sud amaliyotida esa bu harakat uchun jazo tayinlashda muammo kelib chiqadi. Shuning uchun JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi 165-moddasining 2-qismi “g” bandi kiritilib, unda mansab mavqeini suiiste’mol kilish yo‘li bilan jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik belgilansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki mansab vazifasini suiiste’mol qilish vositasida sodir etilgan talon-tarojda aybdorning maqsadi moddiy boylikii uzil-kesil o‘ziniki qklib olish yoki boshqalarning foydasiga o‘tkazib yuborishdan iboratdir. Ushbu holatda jinoyatning tugallangan vaqti suiiste’molchilikning boshlanish vaqti emas, balki talon-taroj qklingan mulkka egaliik qilish yoki uni g‘arazli maqsadda birovlarga berish paytidan boshlanadi. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiistemol qilishda suiiste’molchilikning boshlanishi bilan ushbu jinoyat tugllangan hisoblanib, jazo tayinlashda e’tiborga olinadi. Shundan kelib chiqib yuqoridagi taklif qabo‘l qilinsa, birovlarning mulkini talon-taroj qilishda qatnashgan maxsus subyektlarning javobgarligi masalasidagi muammo yechimini topadi. 1. “Jinoyat huquqi” Umumiy qism. T. “Adolat”. 1998. 106-b. 2. V. Kudryavsev. “Jinoyat kvalifikatsiyasining umumiy nazariyasi”. M. “Yuridicheskaya literatura”. 1972.81-s. P.Diagel. “Sovet jinoyat huquqi”. Jinoyatchi shaxs haqida ta’limot. Vladivastok. 1970.91-b. 3. Farg‘ona viloyat sudining arxividan. 2001. 205-jinoyat ishi. Salomat Niyozova, Tadqiqotchi
Qonun himoyasida 2004 yil 11 (107)
|