|
Fuqarolik huquqining obyekti sifatida o‘zgalar mulkini ishtirokchilikda talon-taroj qilishning obyekt va predmetiFuqarolik huquqining obyekti sifatida o‘zgalar mulkini ishtirokchilikda talon-taroj qilishning obyekt va predmeti Bizga ma’lumki, har qanday jinoiy tajavuz bevosita yoki bilvosita ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan mulkka qaratilgan ijtimoiy munosabatlardagi o‘zgalar mulkinnng barcha turlari qonun bilan qo‘riqlanadi. O‘zgalar mulkini ishtirokchilikda talon-taroj qilishda ijtimoiy munosabat bevosita mulkka qaratiladi. O‘zgalar mulkini ishtirokchnlikda talon-taroj qilish jinoyatlarining obyekti xususiy iste’molga mo‘ljalaigan moddiy boyliklarni taqsimlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlardir. Bu munosabatlarning muhim qismini har bir shaxsniig qonun bilan qo‘riqlanadigan o‘z mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi tashkil qiladi. Bu borada huquqshunos olim. B.S.Nikiforov «Mulkning egasidan boshqa birovning tasarrufiga o‘tishi faqat mulk egasining xohishi bilangina bo‘lishi mumkin»1 deb haqli fikrni o‘rtaga tashlaydi. Huquqshunos olim N.I.Vetrovning fikricha “o‘zgalar mulki ishtirokchilikda talon-taroj qilinganda, jinoyatning bevosita obyekti fuqarolarning shaxsiy mulki hisoblanadi».2 Biz N.I.Vetrovning fikriga qo‘shilmaymiz bizningcha har qanday moddiy narsalar ham o‘ziga jinoiy tajovuzning obyekti bo‘la olmaydi. Narsa o‘z-o‘zicha hali odamlarniig faoliyat sohasiga kirmaydi. Odamlar modliy narsalarga nisbatan ma’lum bir munosabatlarga kirishganlaridan keyingina, narsaga e’tibor beriladi, chunki unga bo‘lgan ta’sir odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Demak, moddiy narsaga tajovuz bo‘lganda, narsa yoki mulkniig o‘zi emas, balki shu narsa yoki mulkka taalluqli bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tajovuzining obyekti bo‘lib hisoblanadi. O‘zgalar mulkini ishtirokchilikda talon-taroj qilish jinoyatining obyekti mulkiy munosabatlar ekanligidan kelib chiqib shunday xulosaga kelish mumkin, aybdorning mulkka huquqi bo‘lmay turib birovniig mulkini yashirincha olish zo‘rlik ishlatish, o‘zlashtirish yo‘li bilan mulkni egallash jinoyatlarining bu jinoyatlarning zaruriy belgisi hisoblanadi. Aks holda mulkka ham, ijtimoiy munosabatlarga ham tajovuz bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moldasiga binoan, davlat barcha mulk shakllarining tengligiga va bir xilda huquqiy muhfaza qilishini kafolatlaydi. Shunga tayanib O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoiy kodeksida barcha shakldagi mulkka qarshi jinoyatlar bir bobga birlashtirilgan. Bu esa talon-tarojning maxsus va bevosita obyektlariing bir xilligini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, shaxs o‘z mulkiga nisbatan qonunga xilof qilmishini sodir etsa bu holat talon-taroj xisoblanmaydi. Shunday holatlar ham uchraydiki, mulk va uning egasi bir shaxs bo‘lmaydi. (masalan, garov saqlash shartnomasi va hakozolar) mulkdorning mulk egasidan noqonuniy ravishda mulkni olishi talon-taroj deb qaralishn mumkin emas. Chunki bunda mulkiy munisabatlarga zarar yetmaydi. Bunday qilmish uzboshimchalik deb tavsiflanishi mumknn. O‘zga-lar mulkiga tajovuz bo‘lganda unga nafaqat moddy zarar yetkaziladi, balki mulkka qarshi ayrim jinoyatlar (talonchilik, bosqinchilik) sodir etilganda jabrlanuvchiga jismoniy zarar yetkaziladi. Shu sababli ayrim talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarda ikkita obyekt mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, talon-taroj natijasda mulk egasining ixtiyoridagi mulkning hajmi va miqdori kamayib, u aybdor egallab olgan ashyo va narsalardan foydalanish va tasarruf qilish huquqidan mahrum bo‘ladi. .Huquqshunos olim YE.A.Frolov talon-tarojning xususiyatlari hisobga olib, uning qo‘shimcha obyekti-iqlisodiyot qonunlariga ko‘ra moddiy boyliklarni mehnatga yarasha to‘g‘ri taqsimlashdan iboratdir»3 deb yozadi. Darhaqiqat talon-tarojning predmeti iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan moddiy tovar boyliklari va har qanday ashyoning, mulkning ekvivalenti hisoblanmish pul bo‘lishi mumkin. O‘zgalar mulkini ishtirokchilikda talon-taroj qilishning predmeti sifatida ko‘proq pul, ashyolar, boyliklar talon-taroj qilinadi. Jonli narsalar ham Ushbu jinoyatning predmeti hisoblanadi. Odatda moddiy ma’nodagi narsaning qiymati pul bilan baholanadi. Pul va valuta qiymatiga ega bo‘lgan qog‘ozlar ham talon-taroj qilish jinoyatining predmeti bo‘lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki jinoyat huquqi nazariyasida mulkiy tusdagi hujjatlar talon-tarojning predmeti bo‘la olishligi to‘g‘risida yagona fikr yo‘q. Ba’zi mualliflar «u yoki bu moddiy qiymatga ega bo‘lgan narsalarni olish huquqini beruvchi hujjatlarni egallash o‘g‘irlash, tushunchalarini talon-taroj tushunchasiga kiritadilar4. Ayrim huquqshunos olimlar esa (qimmatbaho qog‘ozlardan tashqari) «mulkiy harakaterga ega bo‘lgan hujjatlar egallanganida, o‘g‘irlanganida talon-taroj sodir etilmaydi deb hisoblaydilar5. Ikki nuqtai nazar tarafdorlari esa taloch-taroj predmeti sifatida obyektiv dunyoning moddiy qiymatga ega bo‘lgan predmetlarini tushunadilar. Mulkka egalik qilish huquqinn beruvchi hujjatlarning o‘zlari amalda moddiy qiymatga hujjat aybdor tomonidan olingan vaqtda jabrlanuvchi zarar ko‘rmaydi. Ammo bizning fikricha o‘zgalar mulkini talon-taroj qiluvchi ishtirokchilar shu hujjat asosida muayyan bir mulkni egallaganidan keyingi-na jabrlanuvchi moddiy zarar ko‘radi. Bu fikrimiz o‘z navbatida hujjatni taqdim etuvchiga beriladigan mulkiy hujjatlar har xil kvitansiyalar jetonlar va hakozolarga ham taalluklidir. Omonat daftarchasi, taqdim etuvchiga berilgan cheklar olinib, egallanganida, o‘g‘irlanganida ularning egalari ham moddiy zarar ko‘rmaydilar, chunki omonat kassasidagi pulga bo‘lgan huquqii qaytadan tiklash mumkin. Aytib o‘tilganidek o‘zgalar mulkini talon-taroj qilshganda huquq buziladi, mulkngng o‘zi esa miqdor va sifat jihatidan o‘zgarmaydi. Davlatga aksiyadorlik jamiyatlariga, jamoat tashkilotlariga qarashli qimmatli qog‘ozlar va valuta qiymatiga ega bo‘lgan qog‘ozlar talon-taroj predmeti hisoblanadi. Chunki, qimmatli qog‘zlarni egallash unda ko‘zda tutilgan huquqlarni egallash bilan bog‘liqdir. Boshqa hujjatlar esa u yoki bu munosabatlar va huquklarni tasdiqlaydi, xolos. Ishtirokchi shaxslar tomonidai bosqinchilnk, firibgarlik va o‘g‘rilik usulida o‘zgalar mulkini talon-taroj qilishda jinoyatning predmetlari ko‘proq o‘chraydi. Shuni alohida takidlash joizki, mulkka bo‘lgan huquq iqtisodiy yoki hujalik mazmuniga ega bo‘lgan subyektiv fuqarolik hquqlarini bnr ko‘rinishidir. Bulardan tashqari mulkka bo‘lgan huquq tushinchasi narsalarga bo‘lgan huquq bilan birga bajarilishi majburiy bo‘lgan huquqlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu muallif va kashfiyotlarning ba’zi huquqlari (mehnatga haq olish va to‘lash)dan kelib chiquvchi huquqlar, nikoh va oila munosabatlaridan kelib chiquvchi (er yoki xotinning nikohda yashash davrida yig‘ilgan mol-mulklarga bo‘lgan) huquqlar va boshqalar. Bu huquqlar o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish jinoyatining predmeti emas, balkim obyektlari hisoblanadi. Shuning uchun “o‘zgalar mulkiga bo‘lgan huquq» tushunchasi O‘zbskiston Respublikasi Jinoyat kodeksining iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar bo‘limi, o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlar (X-bob)dagi ayrim moddalar. Jumladan, 165-modda tovlamachilik. 168-moddasi firibgarlik jinoyati dispozitsiyasidagi «o‘zganing mulkiy huquqi»ni iborasi bilan almashtirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Xulosa qilib aytib o‘tadigan bo‘lsak mulk, ashyo pul, qimmatboho qog‘ozlar o‘z navbatida fuqarolik huquqining obyekti sifatida qaraladi. Ammo aybdor shaxslar g‘ayriqonuniy ravishda ushbu obyektlarga tajavuz qilsa bu o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish jinoyatlarining obyekti va predmeti sifatida qaraladi. 1. Nikifrov B.S. Obyekt prestupleniya po ugolovnomu pravu Rossiyskioy federatsii-M, 2 izd. 1993, -89s. 2. Vetrov N.I. Ugolovnoye pravo. Uchebnoye posobiye-M-1999-125. 3. FrolovE.A. Obo‘iye ponyatiye posyagatelstva na sotsialisticheskuyu sobstvennost. Matirealűkonferensii po itogom nauchno-issedovatelskiy rabotű Sverdlovskogo yuridicheskogo instituta Sverdlovsk 1996. 157s. 4. Shvetsov YU.L. Borba s moůyennechestvom i posyagatelstvom na lechnutsyu sobstvennost. 1992. 71s. 5. Zversov. Prestupleniye gosudarstvennogo imuůyestva i borba s nimi. Xarkov 1998. Salomat Niyozova,
Tadqiqotchi
Fuqarolik qonunchigi: muammo va yechimlar mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya materiallari |