|
Bir guruh shaxslar va uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik masalasiBir guruh shaxslar va uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik masalasi Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan jinoyatlarning yakka shaxslar tomonidan sodir etilganligiga nisbatai xavflilik darajasi ancha yuqoridir. Guruh masalasi amaliy tomondan katta ahamiyat kasb etishi bilan avvaldan huquqshunos olimlarni qiziqtirib kelayotgan masaladir. «Kriminolog olimlarni guruhlarnnng tashkil topishi sabablari, ular tomonidan ijtimoiy xavfli harakatlarnnng sodir etilishi va ularning oldinn olishga qaratilgan choralarni ishlab chiqish qiziqtirsa, jkinoyat huquqi sohasidagi olimlarni esa guruh tarkibida jnnoyat sodir etgan shaxslar javobgarligi, shuningdek jinoyat ishtirokchilarning javobgarlngnni yanada puxtaroq differensiya qilish masalalari qiziqtiradi».1 Bir necha shaxslar birgalikda firibgarlik jinoyatnni sodir etish deganda ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda qasddan pul yoki boshqa qimmatbaho narsalarni egallashda jabrlanuvchini aldash yoki ishonchini sui’ste’mol qilish usuli bilan harakat sodir qilishlari tushuniladi. «Amaliyotni tahlil qilish shuni ko‘rsatdi-ki, guruh tomonidan sodir qilingan jinoyatlar bir shaxs tomonidan sodir qilingan jinoyatlarga nisbatan katta zarar yetkazish bilan ajratib turadi».2 Guruh tomonidan firibgarlik sodir etilganida bu jnnoyatning ijtimoiy xavfliligi yanada ortadi, chunki guruhning biri qasd bilan va biri o‘z maqsadnni amalga oshirish uchun birikkan bir necha shaxslardan iborat bo‘ladi. Jinoyatchilar o‘z hatti - harakatlarini birlashtirganlaridagina ularning jinoyat sodir qilishlari oson bo‘ladi. Darhaqiqat, huquqshunos olim A.Turovning fikricha, «Oldindan til biriktirib talon-taroj sodir etilganida guruh a’zolarining birlashgan harakatlari tufayligina jinoiy natijaga erishiladi. Guruhning har bir a’zosi jinoyat sodir etayotganida jinoyatning barcha jihatlarini anglashi bilan birga, uni bevosita bir necha shaxslar bilan birgalikda sodir etilishini biladi».3 Yuridik adabiyotlarda, jumladan, JKiing 27-moddasiga muvoq ishtirokchilik deganda, bnr necha shaxslar tomonidan birgalikda bir jiioyatni qasddan sodir etilishi tushuniladi. Ishtirokchilikning yana 2 ta kurinishi mavjud: oldindan til biriktirilgan va oldindan kelishilmagan. Bu nkki guruhga bo‘lishning asospy mezoni ularning subyektiv aloqalaridan, ya’ni subyektiv mezonning harakteri va darajasidan kelib chiqadi. Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirmay firibgarlik sodir etilsa, bu holda birgalikda bajaruvchilik hisoblanadi. Oldindan til biriktirib sodir etilgan ishtirokchilikda mulkni egallashga qaratilgan aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish hatti-harakatlarida F.G.Burchakning jinoiy guruhning bevosita barcha a’zolari bo‘lishi shart degan fikriga qo‘shilamiz. Mulkka qarshi jinoyatlarning bu turida jinoyatni sodir etish jarayonnda emas, balki jinoiy faoliyatni boshlashdan avval kelishib olishi harakterlidir. Bunda «Umumiylik qoidaga ko‘ra davlat yoki shaxsiy mulkka qarshi tajovuz ishtirokchilari o‘rtasida vazifalarni taksimlanganligiga bog‘liqdir. Bunga avvaldan kelishib olmagan holda erishish mumkin emas.», deb ta’kidlaydi, F.G.Burchak. 4 Jinoyatni sodir etishda ishtirokchilarning o‘zaro harakatlari harakteri M.I.Kovalev tomonidan ishtirokchilikning kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘lgan. U ishtirokchilikning birga aybdorlik va tor ma’nodagi ishtirokchilik, ya’ni rollarning taqsimlanganligi kabi ko‘rinishlarni ko‘rsatadi.5 Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, sodir qilingan firibgarlik ham yuqoridagi belgilariga ko‘ra, avvaldan kelishilmagan firibgarlikdan farq qiladi. Chunki oldindan til biriktirish jinoyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Masalan, ish kunining o‘rtalarida ikki sotuvchi ayol davlat univermagining 1-qavatiga, devor yoniga yig‘ma stolni o‘rnatadilar. Keyin bir erkak ilgichda osilib turgan yangi shubani olib, sotuvchi ayollarning orqa tarafidagi devorga ilib quyadi. Shubaning yongiga “narxi—9500 sum» degan qog‘oz yopishtirilishi bilan bir zumda stol yonida navbatga turganlar to‘lib ketadi. Firibgarlar pul to‘lagan har bir kishiga uchburchak muhr bosilgan kvitansiyani topshira turib, “shubani 2- qavatdagi «plash va paltolar» bo‘limidan olasizlar» deb, yaqindagi zinapoyalarni ko‘rsatishar edi, 15 dan daqiqadan so‘ng birdan shubalar tugadi. Erkak esa «namuna sotilmaydi» deb, shubani kiyib oladi. Kvitansiya olgan xiridorlar 2-qavatga chiqib, hech qanday shuba ololmay pastga tushadilar, bu vaqtda esa sotuvchilarning qorasi ham ko‘rinmas edi 5 Bu misolimizda firibgarlar gruhi faoliyat ko‘rsatadi. Oldindan jinoiy til biriktirgan firibgarlar guruhi o‘zining jur’atliligi, ayyorligi va makkorligi bilan ajralib turadi. Bu jinoyatni sodir etishdan ancha oldnn guruh a’zolarining har birining rollari taqsimlangan edi. Guruh tomonidan sodir etilgan firibgarlik deyish uchun ikki va undan ortiq shaxslar jinoyatni birga bajaruvchilar sifatida qatnashishlari kerak. Agar jinoyatni bnr shaxs sodir etsa-yu, boshqalar dalolatchi yoki yordamchi bo‘lib, qatnashsalar, bunday qilmish bir guruh tomonidan sodir etilgan, deb topilmaydi. Bir guruhx shaxslar tomonidan sodir etilgan firibgarlikning o‘ziga xosligi firibgarlik jinoyatini nkki yoki undan ortiq bajaruvchi bajarishi tushuniladi. Jabrlanuvchi va boshqalarga ta’sir o‘tkazish predmeti va usullaridan foydalanishda, guruh a’zolari orasida jinoyatni sodir etishi usullari haqida oldindan kelishib olish harakterlidir. Agar aybdorlar tomonidan jinoiy harakatlarni obyektiv tomoni sodir etilgunga qadar kelishilgan bo‘lsa, firibgarlik jinoyatini sodir etayotgan guruhning ijtimoiy xavfliligi shunchalik yuqori bo‘ladi.7 Amaliyotni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, firibgarlikni sodir etishda guruhning hamma a’zolari biror vazifani bajaradi, ularning har biri jinoiy natijaga erishish uchun o‘z hissasini qushadi. Jinoyatni O‘zbekiston Respublikasi JKning 16-moddasp, 2-qismi, “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun asosiy masala, ya’ni firibgarlik jinoyatini sodir etish haqida ishtirokchilar oldindan kelishib olganligini aniqlash zarur. Oldindan til biriktirib sodir etiladigan firibgarlikda murakkab bajaruvchilik uchun harakterli bo‘lgan rollarni taqsimlanishi ruy beradi. Ko‘p hollarda guruhning bir a’zosi jabrlanuvchi mulkini yoki mulkka bo‘lgai huquqini eegallaydi, qolgan a’zolar esa jabrlanuvchini chalg‘itadigan harakatlarni sodir etadilar, natijada jabrlanuvchi mulkni yoki mulkka bo‘lgan huquqini o‘z ixtiyori bilan shu guruh a’zosi qo‘liga to‘tqazadi. Masalan: «do‘konga polkovnik formasidagi basavlat shaxs xotini bilan kiradi. Xotini unga ko‘p miqdorda bir dasta pul berib, do‘kondan chiqib ketadi. “Polkovnik” pulni plash cho‘ntagiga solib, uni yechib kursiga quyadi. Plashning ustiga furajka ham yechiladi. Tez orada u o‘z nngohini juda qimmatbaho shubaga qaratadi. Shubani kiyib xotiniga ko‘rsatib kelish uchun tashqariga chiqadi. Do‘kon xodimlari uzoq ko‘tgandan so‘ng, plashning cho‘ntaklarni qarashga ahd qilishadi. Sotuvchilarnn cho‘ntaklarning teshik ekanligi hayratga soladi.»8 Ta’kidlanganidek, firibgarona aldov mazmunini mulkni berish uchun asos bo‘ladigan, jabrlanuvchining ishonuvchan bo‘lishnga, uni adashtirishga xizmat qiladigan shart-sharoitlar tashkil etadi. Guruh tomonidan sodir etilgan firibgarlikda a’zolar orasida rollar taqsimlangan bo‘lib, guhruxning ba’zi a’zolari jabrlanuvchini chalg‘itadi yoki chalg‘itishini qo‘llab-quvvatlaydi, uni yanada ishontiradi va shu yo‘l bilan guruh a’zolardan birining mulkni egalashini osonlashtiradi. Harakatni guruh tomonidan sodir etilgan firibgarlik deb kvalifikatsiya qilishda kelishuv va uni amalga oshirish orasida qancha vaqt o‘tganligi ahamiyat kasb etmaydi. Bu vaqt soatlar, kunlar, haftalar, oylar bilan o‘lchanishi mumkin. Firibgarona guruh haqidagi adibiyotlarni o‘rganganimizda gurh a’zolaridan biri voyaga yetmagan yoki aqli noraso shaxs bo‘lsa, bu shaxslarni qonunga asosan jinoiy javobgarlikka tortib bo‘lmasligi sababli ushbu jinoyatni guruh tomonidan sodir etildi deyish mumkin yoki yo‘qligi haqida savol tug‘iladi. Qonunga asosan jinoiy javobgarlikka tortilishp mumkin bo‘lgan ikki va undan ortiq shaxsning birgalashib, qasddan jinoyat qilishlarida ishtirok etishlari ishtirokchilik ekanligini bilamiz. Garchi amalda firibgarlikni sodir etishda birorta ham voyaga yetmagan yoki aqli noraso shaxsning ishtirok etganini uchratmagan bo‘lsak-da, masalaning nazariy jihatini inobatga olgan holda voyaga yetmagan yoki aqli noraso shaxslar guruhi tomonidan sodir etilgan firibgarlikning subyekti bo‘lolmasligini aytib o‘tmoqchimiz. Firibgarllk to‘g‘risida gapirganda, jinoiy guruhlarning faoliyat doirasi kengayib borayotganini aytmasdan o‘tolmaymiz. Bu jinoiy muhitning yanada mustahkamlanishi, ishtirokchilarning izchil ravishda birinchi bosqichdan, ikkchi bosqichga o‘tishi va rahbarning ajralib chiqishida namoyon bo‘ladi.9 Uyushgan jinoyatchilikning barcha alomatlari “angishvona” o‘ynnida o‘z aksini topgan. 16 yoshdan — 30 yoshgacha bo‘lgan bardam, baquvvat yigitlar o‘zlarini qiynamasdan, mehnat qilmasdan kun ko‘rish, boylik orttirish maqsadida fuqarolarni «angishvona» o‘yiniga taklif qiladilar. Sodda kishilarning pullarini aldash yo‘li bilan shilib oladilar. Ularning bu ishlariga e’tiroz bildirib, pullarni qaytarishii so‘ragailarni esa do‘pposlaydilar. Shu xildagi jinoyat ishlarni o‘rgannsh shuni ko‘rsatadiki, bu guruhlarda o‘zining razvedkasi, shaxsiy soqchilari, qorovullari va ushlanishdan qochish zarurati to‘g‘ilganda foydalanish uchun kerak bo‘ladigan mashinalar mavjud bo‘ladi. Hozirgi kunda uyushgan fribgarlikka moyillik tobora ortib bormoqda, bunda biz guruhlarning barqarorligida, yo‘lboshchilarni mavjudligida, rollarning taqsimlanganligida ko‘rinmoqda. Tergov-sud amaliyotini tahlil etish firibgarlar jazoni o‘tab chiqandan keyin yana firibgarlikni davom ettirayotganliklarini ko‘rsatmoqda. Shulardan kelib chiqib, uyushgan firibgarlik bilan bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan firibgarlikni ajratib olishimiz lozim. JKning maxsus qismi ko‘pgina moddalarining org‘irlashtiruvchi qismida, jumladan, firibgarlik 168-moddaning 2-qismi, “v” bandida ham «bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib» degan band mavjud bo‘lib, «bir guruh shaxslar» tushunchasini JKning «Atamalarning huquqiy ma’nosi» deb nomlanuvchi VIII bo‘limida berishni taklif qilamiz. Ushbu atamaga quyidagicha ta’rif beramiz «Ikki yoki undan ortiq bajaruvchining oldindan til biriktirib, qasddan jinoiy faoliyat olib borishi bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan deb topiladi». Buiday taklif berishdan maqsad 168-moddaning og‘irlashtiruvchi holatlarida “uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab” sodir qilinsa, degan band mavjud bo‘lib, Ushbu bandlar bir-biridan farq qiladi. Jinoyat Kodeksi 29-moddasining 4-qismida “uyushgan guruhga” tushuncha berilgan, ammo “bir guruh shaxslar” tushunchasi yoritib berilmay, balkim JK 27-moddasida umumiy tushuncha berilgan, bunday holat esa ushbu tushunchalarni turlicha talqin etishga va jazo tayinlashda o‘ziga xos muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda Muammolarning oldini olish, yuqoridagi tushunchalarning to‘g‘ri talqin qilish maqsadida “bir guruh shaxslar” tushunchasining mohiyatini ochib berish maqsadga muvofiq bo‘ar edi. Bundan tashqari, uyushgan guruhga a’zo bo‘lmagan shaxs shu guruhni jinoyat sodir etishiga yordam bergan yoki jinoyatni birga bajargan taqdirda, guruhga a’zo bo‘lmagan shaxsning harakati jinoyatni subyektiv tomonidan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi, ya’ni agar u uyushgan guruhga jinoyat sodir etishda yordam berayotganligini bilgan yoki boshqa holatlar orqali bilishi mumkin bo‘lgan taqdirda uning harakati guruh a’zolari bilan tenglashtirilib, kvalifikatsiya qilinadi. Agar uyushgan guruhni jinoyat sodir etishga yordam berayotgan shaxs, o‘znnnng harakatida jinoyat belgilari borligini bilgan, lekin aynan uyushgan guruhga yordam berayotganligini bilmagan va ish holatlariga ko‘ra bilishi ham mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, uni harakatlarn ishtirokchilikning oddiy yoki murakkab shakllariga o‘xshash kvalifikatsiya qilinadi. Kvalifikatsiya qoidalariga muvofiq uyushgan guruh va jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan shaxslarning harakatlari bir xil kvalifikatsiya qilinadi. Xulosa qilib aytib o‘tadigan bo‘lsak, uyushgan guruh tomonidan sodir qilingan firibgarlik jinoyatlari bir shaxs tomonidan sodir qilingan jinoyatdan ijtimoiy xavflilik darajasining yuqoriligi bilan va yetkazilgan zararning og‘irligi bilan farq kiladi hamda kvalifikatsiya qilishda bo‘lar e’tiborga olinadi. 1. V.I.Bûkov «Prestupnaya gruppa kriminalistiki i problem», T., 1991. S.5. 2. E.X.Xakimov «Pravovoye voprosû souchastiya v xiùyenii sotsialicheskogo imuùyestvo» T., 1975. S.14. 3. A.Gurov «Organizatsionnaya prestupnost ne mif, a realnost», M., «Znaniye», 1992. S.30. 4. F.G.Burchak «Souchastiya: sotsialnaya, kriminollgichesiky i pravovoye problemû», Kiyev, 1988 god. S.27. 5. M.I.Kovolev «Souchastiye i prestupleniya», Sverdlovsk, 2-izd. 1987. S.185. 6. YU.A.Gladshiyev «Obrazes ne prodayotsya», Moskva, «Yurist», 1999. ¹5, S.40. 7. A.D.Margunovskiy «Ugolovno pravovûye problem borbû s moshennichestvom», Tashkent. 1979. S.27. 8. R.Reyeshetnikov «Dûryavûy kraman polkovnika», Moskva, Rosseyskaya yustitsiya, 1999. ¹3, S.18. 9. Prestupnimu miru reshitelnûy otpor. Moskva, Rosseyskaya yustitsiya, 1998. ¹7, S.35. Salomat Niyozova,
tadqiqotchi
Davlat va huquq 2004 yil 5 (21) |