O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi

Jinoyat ishtirokchilari, ularning turlari va jinoiy javobgarliklari

Jinoyat ishtirokchilari
ularning turlari va jinoiy javobgarliklari

Jinoyat ishtirokchilarining turlari Jinoyat kodeksinipg 28-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra, bajaruyechi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi.

Mamlakatimiz qonunchiligiga asosan, jinoyatni to‘liq yoki qisman sodir etgan yoxud javobgorlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxch bajaruvchi deb topiladi (Jkning 28-moddasi, 2-qismi). Bajaruvchi ikki turga bo‘linadi: beyeosita jinoyat sodir qilgan va kodeksga muvofiq bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs. Ba’zi hollarda jinoyatning obyektiv tomonini bir nechta jinoyatchilar birgalikda amalga oshiriladi va ularning barchasi bajaruvchi hisoblanadi.

Bajaruvchilar aqli raso va qonunda belgilangan yoshga (14 yoshga) to‘lgan bo‘lishi kerak. Ayrim hollarda shaxsning o‘zi jinoyatni bevosita sodir qilmasdan, jinoyatning subyekti bo‘la olmaydigan shaxslardan foydalanadi. Toshkent viloyati sudida ko‘rilgan bir jinoyat ishi bunga misol bo‘la oladi. 2001 yil mart oyida Tolipov Dilmurod, 14 yoshga tulmagai Rahimov Obid mahallalarida yashaydigan aqli noraso Sherzod ismli shaxs bilan birga “O‘tkir” kichik korxonasiga kirib, u yerdan 500.000 sumlik tiqilgan yangi kastyum va materiallarni o‘g‘irlashadi. O‘g‘irlikni uchalasi ham bajaradi, ya’ni bajaruvchi shaxslarning biri jinoyat yoshiga yetgan, ikkinchisi hali 14 yoshga to‘lmagan, uchinchisi aqli noraso shaxs. Sud ushbu ishni atroflicha o‘rganib, Dilmurodga nisbatan 127-moddaning 3-qismi, ya’ni voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish va 169-moddaning 2-qismi “b” bandi bilan jinoiy javobgarlik masalasi ko‘rilgani hukmda qayd qilinadi.

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi. Tashkilotchi ishtirokchilar orasida eng xavflisi bo‘lib, u jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoyatni sodir etishga rahbarlik kiladi. Tashkilotchi ko‘pincha jinoyatda bevosita qatnashmagani sababli uni ushlash, aybini isbotlash va javobgarlikka tortish qiyin kechadi. Tashkilotchi jinoyatni qaysi yo‘l, usul bilan sodir etish rejasini ishlab chiqadi, boshqa ishtirokchilarni tanlaydi, ularni tayyorlaydi, yo‘riqlar beradi, zarur anjomlarni yig‘adi. Ko‘p hollarda tashkilotchi o‘z harakatlarini himoya qilish va zarur ma’lumotlarni olish uchun huquqni muhofaza qilish idoralaridan birorta mansabdor shaxsni jalb etishga o‘rinadi. Qoidaga ko‘ra, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaga tajribali jinoyatchilar rahbarlik qiladi va jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, uni amalga oshirishni tashkillashtiradi.

Jinoyat sodir etishga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi. U har qanday shaklda, ya’ni majburlash va ishontirish orqali dalolat qiladi. Majburlash jinoiy va ruhiy bo‘lishi mumkin. Ruhiy majburlash ko‘pincha dalolatchi tomonidan qo‘rqitish orqali sodir qilinadi. Biror kishini ishontirish orqali jinoyatga tortish uchun bir necha marta xabar yetkazgan shaxsni dalolatchi sifatida javobgarlikka tortish mumkin. Lekin bir necha marta xabar yetkazgan shaxsda bajaruvchining jinoyat sodir etishi uchun moyillik to‘g‘dirish maqsadi bo‘lishi kerak. Ishontirishda dalolatchi, tashqi tomondan, jinoyatga aloqasi yo‘g‘dek ko‘rinsa-da, uning manfaatlari ma’lum darajada jinoyatni sodir etgan bajaruvchining manfaatlariga mos tushadi.

Dalolatchining harakati vosita sifatida iltimos qilishdan iborat bo‘lishi mumkin va bu dalolatchi manfaatining asosini tashkil etadi. Shubhasiz, faqat o‘zining tanishlari, dustlari va xizmatdoshlariga iltimos qilishi mumkin. Bunday holda, jinoyat sodir etishni faqat ko‘ndirish orqali amalga oshiradi. Dalolatchi shaxsni jinoyat sodir etishga rozi qilish uchun o‘zining bor imkoniyatini ishga soladi. Ko‘ndirish bir necha marta iltimos qilish shaklida bo‘lishi mumkin.

Sud-tergov amaliyotida dalolatchilikning boshqa, masalan, jinoyat sodir qilish uchun mukofot va’da qilish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsni sotib olish yoki aldash turlari ham uchraydi.

Sud amaliyotidan ma’lumki, yordamchilik ishtirokchilikning ko‘p uchraydigan turidir. Yordamchilik ikki kurinishda bo‘lishi mumkin:

Jismoniy yordamchilik va ruhiy yordamchilik. Jismoniy yordamchilik deganda, jinoyat sodir qilinayotganda tusiqlarni olib tashlash uchun vosita va qurollar bilan yordam berish, ya’ni jinoyatning obyektiv tomonini amalga oshirishda bajaruvchiga ko‘maklashish tushuniladi. Yordamchining harakatlari jinoyatning obyektiv belgilari bilan mos kelsa, u jinoyatning bajaruvchisiga aylanib qoladi.

Ruhiy yordamchilik jinoyat sodir qilishda maslahat, ko‘rsatmalar, jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotishga oldindan va’da berish shakllarida bo‘lishi mumkin.

Jinoyatni yashirishga oldindan va’da berilmagan bo‘lsa, bu yordamchilikka kirmay-di, faqat jinoyatga daxldorlik, deyiladi. Biz jinoyatga daxldorlikni ishtirokchilikdan farqlashimiz lozim. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotgani, jinoyat sodir etilayotgani yoki sodir etilgani haqida aniq bila turib, oldiidan va’da bermagan holda hokimiyat idoralariga xabar qilmaslik jinoyatga daxldorlik, deb hisoblanadi.

Jinoyat kodeksining 31-moddasiga ko‘ra, tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyat haqida xabar bermaslik 16 yoshga yetgan har qanday aqli raso shaxsga muayyan majburiyatlar yuklaydi. Ular shaxsning davlat, jamiyat, boshqa shaxslar oldidagi insoniylik majburiyatidir, ushbu majburiyatni bajarmaslik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Jinoyat kodeksining “Jinoyatga ishtirokchilik” deb nomlangan VII bobidagi qoidalarga e’tibor beradigan bo‘lsak, oldindan va’da berib xabar qilmaslik jinoyatda ishtirokchilikni yuzaga keltirmaydi, degan ma’noni anglashimiz mumkin. Chunki ishtirokchilik jinoyatni sodir qilishda ikki yoki undan ortik, shaxsning birgalashib qatnashishini bildiradi. Xabar qilmaslik esa qasddan sodir etilgan harakatsizlik bo‘lib, tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir qilingan jinoyatni aniq bilgan holda odil sudlov idoralariga yordam bermaslikni anglatadi.

Demak, jinoyatga daxldorlikda shaxs jinoyatni sodir qilishda qatnashmaydi. Bu esa o‘z navbatida, jinoyatni sodir bo‘lganligi haqida xabar bermagan shaxsni ishtirokchi deb topish mumkin emasligining birinchi belgisidir. Xabar bermaslik aqliy sheriklik ko‘rinishidagi ishtirokchilik deb hisoblansa-da, Jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan (28-modda) ishtirokchilikning turlariga to‘g‘ri kelmaydi. Aqliy sheriklik ko‘rinishidagi ishtirokchilik faol harakatdan iborat, xabar qilmaslik esa harakatsizlikdan iborat bo‘ladi.

Bundan tashqari, jinoyat haqida xabar bermaslikni ishtirokchilik deb topish uchun qonun me’yorlarida bironta ko‘rsatma yo‘q. Huquqshunoslar jinoyatga daxldorlik va ishtirokchilikning bir-biridan farqini ochib berishga harakat qilganlar. Jumladan, V.Smirnov “Jinoyat haqida xabar bermaslik”ni huquqiy ahamiyatiga qarab ikki turga bo‘ladi: tayyorlanayotgan jinoyat haqida xabar bermaslik, o‘z tabiatiga ko‘ra, jinoyatni sodir etishda ishtirokchilikning bir turini keltirib chiqaradi; sodir etilgan jinoyat hakida xabar bermaslik jinoyatga daxldorlikning turlaridan birini tashkil qiladi.

Xabar bermaslikning bu ikki turining ijtimoiy xavfliligi ham turlicha. Agar jinoyat haqida og‘ir jinoyat sodir etilganda keyin xabar berilsa, hisobga olmasdan bo‘lmay-di. Agar shaxs tayyorlanayotgan jinoyat haqida xabar bermasa, jinoyatning sodir etilishida uning manfaatlari bo‘lmasa-da, u ishtirokchiga aylanib qoladi, deydi huquqshunos A.Traynin.

Bazi olimlar tayyorlanayotgan jinoyatlar haqida xabar bermaslik og‘irroq jazoga tortilishi lozim degan fikrni bildirishgan. Ayrim xorijiy davlatlarning jinoyat qonunchiligida bunday holatlar ishtirokchilik, deb topilib jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Masalan, Angliya jinoyat huquqida ishtirokchilik uchun javobgarlik juda keng miqyosda belgilangan. Jinoyat huquqi bo‘yicha jinoyat sodir qilishga yordam bergan shaxslargina emas, shuningdek, bajaruvchi harakatni yoqlagan, uni maqtagan hamda jinoyat haqida xabar bermagan shaxslar ham ishtirokchi sifatida javobgarlikka tortiladi.

Vositalar yetkazib berish deganda jinoyatni amalga oshiruvchiga zarur har qanday buyum yoki vositalarni yetkazib berish tushuniladi. Bularga transportlar, qurol-yaroqlar, ya’ni jinoyat sodir qilinishi uchun yordam beradigan har qanday buyumlar kiradi.

To‘siqlarni olib tashlash deganda esa yordamchining bajaruvchi tomonidan jinoyatni amalga oshirishda to‘siqlarni bartaraf qilishga yordamlashishi tushuniladi. Masalan, bankka o‘g‘irlikka kirmoqchi bo‘lgan bir guruh shaxslar yordamchi quriqchini xizmat vazifasidan chalg‘itishi, signalizatsiyani uchirib quyishi mumkin. Ruhiy yordamchilik esa jinoyat sodir qilishda bajaruvchining qarori va xohishini mustahkamlaydi. Maslahat va ko‘rsatmalarni ko‘proq jinoyatni uyushtiradigan shaxs berishi mumkin. Bu holda ushbu shaxs Jinoyat kodeksi 28-moddasining 3-qismiga ko‘ra tashkilotchi deb topiladi. Birinchi marta Jinoyat kodeksining 30-moddasida jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik belgilandi. Ishtirokchilikda jinoyatni sodir qilishning obyektiv tomoni ikki yoki undan kup kishining birgalashib jinoyat qilishlaridir. Bunda jinoyat ishtirokchilari ilgaridan kelishib olishadi va qonun bilan qo‘riqlanadigan obyektiga tajovuz qilishadi. Masalan, ishtirokchilardan biri bosqinchilikka dalolat qiladi, ikkinchisi bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mulkini talon-taroj etish uchun qurol-vositalar topib beradi (yordamchi), uchinchisi esa bevosita bosqinchilik jinoyatini sodir qiladi. Bunda jinoyatni bajaruvchi dalolatchining qiziqtirishi va yordamchining qurol vositalarini topib berishi tufayligina jinoyat sodir etadi.

Ma’lumki, ishtirokchilik tushunchasi, turlari, shakllari va sodir etilgan xatti-harakatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Oliy sud Plenumi qarori yuq. Oliy sud tomonidan “Ishtirokchilikda sodir qilingan jinoyatlar va ularga jazo tayinlash ishlarini o‘rganish” bo‘yicha Plenum qarori qabo‘l qilinsa va unda ishtirokchilikka doir barcha qoidalar bayon etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bu esa jazo tayinlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ko‘pchilik huquqshunos olimlar ishtirokchilikda sababiy bog‘lanish zaruriy belgi deb e’tirof etishadi. Ammo ba’zi olimlar, jumladan, A.Vishinskiy bajaruvchi harakatini jinoyatning jinoiy oqibati bilan jinoyatning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida sababiy bog‘lanish bo‘lishi ishtirokchilarning javobgarligi uchun zaruriy sharti ekanini inkor etadi. Uning fikricha, ishtirokchilarning javobgarligi uchun sababiy bog‘lanish emas, balki shaxsning jinoyat sodir etishi bilan boshqa ishtirokchilar harakati o‘rtasidagi umuman qandaydir muayyan bo‘lmagan bir bog‘lanish bo‘lishi kifoyadir. Jinoiy uyushmaning ishtirokchisi uning boshqa ishtirokchilari tomonidan sodir qilingan jinoyatlarni bilmagan taqdirda ham shu jinoyatlar uchun javobgar bo‘lishi kerak, deydi A.Vishinskiy. Bundan tashqari, u yashirin aybdorga yordam qilish maqsadida guvohlik berishdan bosh tortish va boshqa harakatlarni ham ishtirokchilik deb hisoblaydi.

Viz bu fikrga qo‘shilmaymiz, zero, o‘zgalar mulkini ishtirokchilikda talon-taroj qilishda javobgarlikka tortish uchun obyektiv va su’bektiv tomondan bog‘lanish bo‘lishi lozim. Subyektiv tomondan bog‘lanish ishtirokchilarning birlashib qilgan harakatlari yoki harakatsizligidir. Agar dalolatchi yoki yordamchi bajaruvchining yoki tashkilotchining harakati natijasida yuz berishi mumkin bo‘lgan jinoiy oqibatni bilma-sa, uni ishtirokchilikda ayblab bo‘lmaydi. Bunday holda, aybdor o‘z qilmishiga mustaqil ravishda javobgar bo‘ladi.

Ehtiyotsizlik bilan qilinadigan jinoyatlarda ishtirokchilik bo‘lmaydi. Bunday jinoyatda ishtiroki bo‘lgan shaxsning harakati biror mustaqil jinoyat tarkibini tashkil etsa, u shu jinoyatni qasddan yoki ehtiyotsizlik bilan qilishda ayblanadi.

Jinoyatii ishtirokchilikda sodir qilish jinoyatlari faqat yakunlangan jinoyatlardagina emas, balki jinoyatga suiqasd qilish yoki tayyorgarlik ko‘rish bosqichida ham ro‘y beradi.

Ushbu holatlar uchun javobgarlik masalasi ko‘rilayotganda jinoyat qaysi bosqichda sodir qilinganiga e’tibor beriladi.

Tashkilotchi, yordamchi va dalolatchining harakatlari bajaruvchining harakati tasniflangan me’yor bilan tasniflanadi, aniqrog‘i, bunda bajaruvchi tomonidan jinoyatning obyektiv tomoni qay darajada bajarilgani muhim ahamiyatga ega. Agar biror sababga ko‘ra, bajaruvchi jinoyatni oxiriga yetkaza olmagan bo‘lsa, ishtirokchilar harakatlarini ham tugallanmagan jinoyat sifatida tasniflash lozim.

Bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyat tasniflanayotganda ishtirokchilikdagi bajaruvchilardan biri guruh tomonidan kelishilmagan boshqa bir jinoyatni sodir etsa, buni jinoyat huquqida eksess bajaruvchi deyiladi. Boshqa ishtirokchilarning jinoiy rejasiga kirmagan qilmishi uchun jinoyatni sodir etgan shaxs javobgar bo‘ladi. Huquqshunoslikda eksess bajaruvchilarni miqdor va sifat ko‘rsatkichli eksess bajaruvchiga bo‘lib o‘rganiladi. Miqdor ko‘rsatkichli eksess bajaruvchi boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati asosida jinoyat sodir qiladi, lekin uning oqibati boshqa ishtirokchilar o‘ylagandan ko‘ra og‘irroq bo‘ladi. Masalan, o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish vaqtida dalolatchi, jabrlanuvchini boylab, og‘izga latta tiqishni aytadi, bajaruvchi uni bog‘lashda ko‘rsatgan qarshiligi tufayli do‘pposlab o‘ldirib qo‘yish mumkin.

Sifat ko‘rsatkichli eksessda bajaruvchining harakatlari boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyatidan umuman farq qiladi. Masalan, uchta shaxs shaxsiy mulkini o‘g‘irlashga kelishadi va bajaruvchi o‘zaro kelishuv asosida xonadonga kiradi. Kutilmaganda xonadonga egasi qaytib keladi, shunda bajaruvchi o‘q-otar quroldan uy egasiga og‘ir tan jarohati yetkazadi hamda ug‘irlik mollari bilan yashirinadi. Bunda bajaruvchining harakati boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyatidan umuman farq qiladi. Bu vaziyatda jinoyat bajaruvchisi bosqinchilik, qolgan ishtirokchilar esa o‘g‘irlik uchun jinoy javobgarlikka tortiladi.

Agar bajaruvchi jinoyatini oxirgacha yetkazishdan bosh tortsa yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda bajara olmasa, ishtirokchilarning harakatini tasniflash qiyinlashadi. Bunday holda tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi tashkilotchilik, dalolatchilik va yordamchilikka suiqasd qilganlik uchun javobgar bo‘ladi.

Salomat Niyozova,
Tadqiqotchi
Hayot va qonun 2004 yil ¹ 3.
Aloqaga chiqish Sayt shemasi