|
Sud mustaqilligini ta’minlash yo‘lidaSud mustaqilligini ta’minlash yo‘lida Mustaqilligimiz qo‘lga kiritilgandan keyin mamlakatimizda inson huquqlari himoyasiga katta e’tibor berila boshlandi. Sud-huqu tizimini isloh qilish, huquqni muhofaza etish organlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash va sud tizimining mustaqilligini ta’minlash borasida muhim ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz joriy yilning 28 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senatining qo‘shma majlisida sud-huquq masalasiga alohida e’tibor berib, prokuratura idoralarining sanksiya berish vakolatini sudlarga o‘tkazish kerakligi haqida fikr bildirgan edi. Ushbu fikrning keyingi bosqichi sifatida 2005 yil 8 avgustdagi Prezident Farmoni bilan 2003 yil 1 yanvardan boshlab jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlar vakolatiga o‘tkazilishi belgilab berildi. Sud, fuqarolarning ijtimoiy holati va millatidan qat’i nazar qonun oldida tengligini, qonuniy huquqlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi idora bo‘lishi kerak. Ushbu Farmon kuchga kirishi bilan fuqarolarning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik borasidagi konstitutsiyaviy huquqlari sud tomonidan samarali himoya qilinishi kafolatlanadi. Shuningdek, ushbu hujjat Konstitutsiyamizning fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas, deb ko‘rsatilgan talabi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilingan Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 8-moddasi hamda «Fuqaroviy va siyosiy huquqlar" to‘g‘risidagi Xalqaro Paktning 9-moddasida ta’kidlangan, xar qanday ushlangan yoki qamalgan shaxs belgilangan muddat ichida sudga keltirilishi va qamalishining asosli ekanligi sud tomonidan tekshirilishi kerakliga haqidagi me’yorlariga mos tushadi. Shaxsning o‘z manfaatlarimi sud orqali himoya qilish huquqi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 196 yilda qabul qilingan. Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Paktning 9-moddasida yanada aniqlashtirilgan: «Qamoqqa olinishi yoki hibsda ushlanib turishi tufayli ozodlikdan mahrum etilgan xar bir shaxs o‘z ishining sudda ko‘rib chiqilishi huquqiga ega, chunki sud darhol uning ushlanishi qanchalik qonuniy ekanligi borasida qaror chiqara olsin va agar uning ushlanishi noqonuniy bo‘lsa ozod qilish haqida farmoyish bera olsin!”. Bu ikkala muhim hujjat ham Oliy Majlis tomonidan ratifikatsiya qilingan. Farmonda ta’kidlanganidek, sud-huquq tizimini yanada liberallashtirishning eng muhim vazifasi sudgacha tergov bosqichida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini samarali himoya qilish bo‘yicha sud vakolatlarini kengaytirish, eng avvalo, qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini prokuratura organlaridan sudlarga o‘tkazishdan iboratdir. Bundan tashqari, sanksiya vakolatining sudlarga berilishi, birinchi navbatda, sudlar jinoyat ishini ochishga mas’ul emasligi sababli ushbu ishga xolisona qarashga asos yaratadi, inson taqdiri ko‘r-ko‘rona hal qilinishiga chek qo‘yiladi. Ikkinchidan, hokimiyat bo‘linishi prinsipining to‘la ta’minlanishiga olib keladi. Uchinchidan, jinoyatni ochish za tergov jarayonlarida prokuror va advokatning mavqeini tenglashtirishga asos bo‘ladi. Yana bir masala. Shuni e’tiborga olish joiz-ki, jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsni 1 davlatdan boshqa bir davlat ixtiyoriga berish (ekstraditsiya) uchun unga nisbatan qamoq chorasi qo‘llangan bo‘lishi kerak. Respublikamiz qonunchiligida ekstraditsiya masalasi hal qilingan bo‘lsa-da, shaxsni boshqa davlat ixtiyoriga berishda prokurorning qamoqqa olish to‘g‘risidagi sanksiyasi xorij davlatlari tomonidan xalqaro huquqda tan olingan hujjat sifatida inobatga olinmaydi va bu faqat sudning qarori bilan tasdiqlanishini talab qiladilar. Sudlarga sanksiya vakolatining berilishi bu masalani hal etadi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: nima uchun sanksiya vakolatini sudlarga berili 2008 yilgacha qoldirildi? Ta’kidlash kerakki, qamoqqa olishga sanksiya berish vakolatini sudlarga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslariga, shuningdek, Sudlar to‘g‘risidagi, Prokuratura to‘g‘risidagi va boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. Xorijiy sud tizimlaridagi sanksiya masalasini chuqur o‘rganmasdan turib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xamda sudyalar malakasini yetarli darajaga olib chiqmasdan, shuningdek, ushbu vakolatni amalga oshirishni protsessual mexanizmlarni mukammallashtirmasdan turib shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shu o‘rinda aytish joiz-ki, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki qamoqqa olishga sanksiya beradigan sudyalar tomonidan ma’lum darajada subyektivlikka yo‘l qo‘yilishi mumkin, Ya’ni ular o‘z qarorini tasdiqlash uchun harakat qilishlari tabiiy. Bu esa ishning xolisona ko‘rilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday holatlarning oldini olish maqsadida professional sudyalar sonni ko‘paytirish lozim yoxud alohida ma’muriy sudlar tuzilishi kerak bo‘ladi. Inson huquqlari daxlsizdir. Ijro hokimiyati bu huquqlarga rioya etilishini ta’minlashi zarur. Sud esa bunday huquqlar buzilishiga chek qo‘yadigan organ. Sanksiya vakolatining sudlarga olib berilishi esa inson huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi muhim qadamdir. Nuriddin Mamajonov, Adliya vazirligi mas’ul xodimi
|