|
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARINING DAVLAT HISOBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMVAZIRINING
BUYRUG‘I
O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2000 yil 5 avgustdagi 304-sonli qarorini bajarish hamda O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobini yuritish tartibini takomillashtirish maqsadida, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2000 yil 30 dekabrdagi 178-mh-sonli «O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida»gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1000, 2000 yil 30 dekabr — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000 yil, 24-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
195-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2008 yil 10 sentabrdagi 195-mh-son buyrug‘i bilan TASDIQLANGAN NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 avgustdagi 304-sonli «Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000 y., 8-son, 47-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
4. Normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtinchalik) va ularda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar xususiyatidan qat’i nazar, davlat hisobiga olinishi kerak, mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bundan mustasno.
6. Mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar belgilariga faqat qisman muvofiq keladigan hujjatlar o‘zining qolgan qismida davlat hisobiga olinishi kerak.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 avgustdagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan «Normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 13-bandiga muvofiq, mazkur Nizomning 3-bandi «a», «b», «v» va «g» kichik bandlarida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari ularni qabul qilgan organlar tomonidan Adliya vazirligiga qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida qog‘oz va elektron shakllarda yuboriladi. Bunda normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakli Adliya vazirligiga elektron pochta tizimi orqali yuboriladi.
Mazkur Nizomning 3-bandi «d» kichik bandida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari qog‘oz va elektron shakllarda Adliya vazirligining Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi tomonidan taqdim etiladi.
Mazkur Nizomning 3-bandi «ye» va «j» kichik bandlarida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari, tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) ularni qabul qilgan organlar tomonidan qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida qog‘oz va elektron shakllarda yuboriladi.
9. Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi reyestrlarini (keyingi o‘rinlarda matnda reyestrlar deb yuritiladi) ilovaga muvofiq yuritadi.
Adliya vazirligiga va adliya boshqarmalariga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar, mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq ushbu normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni reyestrlarga kiritish bilan davlat hisobiga olinadi.
10. Ilgari davlat hisobiga olingan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar, mazkur Nizomning 9-bandiga muvofiq reyestrga kiritiladi.
VI. Yakuniy qoida
O‘zbekiston Respublikasining
normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi
REYESTRI
|