|
Vazirlik hujjatlariO‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvi QARORI Muddatida to‘lanmagan soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish to‘g‘risidagi xo‘jalik sudlari qarorlarini ijro etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003 y., ¹ 11)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 12 iyunda 1250-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan] «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 martdagi «Soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan soliqlarni korxonalar va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi 133-sonli, 2003 yil 21 yanvardagi «Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 36-sonli va 2003 yil 18 martdagi «Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 147-sonli qarorlariga muvofiq muddatida to‘lanmagan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi xo‘jalik sudlari qarorlarining majburiy tartibda ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi, Oliy xo‘jalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Adliya vaziri A. Polvon-zoda Toshkent sh.,
2003 yil 10 iyun,
05-20-247-son Oliy xo‘jalik sudi raisi M. Abdusalomov Toshkent sh.,
2003 yil 10 iyun,
01/226-son Moliya vaziri M. Nurmuratov Toshkent sh.,
2003 yil 10 iyun,
71-son Dalvat soliq qo‘mitasi raisi J. Sayfiddinov Toshkent sh.,
2003 yil 10 iyun,
1-son Markaziy bank raisi F. Mullajonov Toshkent sh.,
2003 yil 10 iyun,
230-V-son Adliya vazirligi, Oliy xo‘jalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2003 yil 10 iyundagi 05-20-247-sonli, 01/226-sonli, 71-sonli, 1-sonli va 230-V-sonli qarori bilan «TASDIQLANGAN» Muddatida to‘lanmagan soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi xo‘jalik sudlari qarorlarini ijro etish to‘g‘risidagi
Yo‘riqnoma Mazkur Yo‘riqnoma Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 martdagi «Soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan soliqlarni korxonalar va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi 133-sonli, 2003 yil 21 yanvardagi «Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 36-sonli va 2003 yil 18 martdagi «Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 147-sonli qarorlariga asosan ishlab chiqilgan. I. Soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni undirishni qarzdor korxona va tashkilotning mol-mulkiga qaratish 1. Soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (keyingi matnlarda muddatida to‘lanmagan soliqlar deb ataladi), shuningdek ularni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun penyalar, jarimalar va soliqlar hamda budjetga to‘lanadigan boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzganlik uchun boshqa xil sanksiyalar (keyingi matnlarda jarima sanksiyalari deb ataladi) qarzdor korxonalardan davlat soliq organlari tomonidan inkasso topshirig‘i berish yo‘li bilan so‘zsiz undirib olinadi. 2. Qarzdor korxonaning hisob-kitob (joriy) schotiga xizmat ko‘rsatuvchi bank inkasso topshirig‘ini olishi bilan 3 kun muddatda qarzni undirib oladi yoxud qarzdor korxonaning hisob-kitob (joriy) schotida pul mablag‘lari mavjud bo‘lmaganligi tufayli topshiriq to‘liq yoki qisman bajarilmaganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi va bank belgisi qo‘yilgan inkasso topshirig‘ining nusxasini soliq organiga va qarzdor korxonaga yuboradi. 3. Soliq organi topshiriq to‘liq yoki qisman bajarilmaganligi to‘g‘risida bank belgisi qo‘yilgan inkasso topshirig‘ini olgan kundan boshlab bir sutka muddatda chopar orqali yoki buyurtma xabar bilan, topshirilganligi to‘g‘risida xabardor qilgan holda, muddatida to‘lanmagan soliqlarni va jarima sanksiyalarini to‘lash haqida qarzdor korxonaga yozma talabnoma yuboradi. 4. Soliq organining muddatida to‘lanmagan soliqlar va jarima sanksiyalarini to‘lash to‘g‘risidagi yozma talabnomasi olingandan (topshirilgandan) so‘ng o‘n kun mobaynida qarzdor korxona tomonidan qondirilmasligi yoki javobsiz qoldirilishi, soliq organi qarzni qarzdor korxonaning mol-mulki hisobidan undirib olish to‘g‘risidagi talab bilan xo‘jalik sudiga ariza berishi uchun asos hisoblanadi. 5. Muddatida to‘lanmagan soliqlarni va jarima sanksiyalarini qarzdor korxona mol-mulki hisobidan undirib olish haqidagi ariza soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i yoxud uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
6. Xo‘jalik sudi soliq organi tomonidan taqdim etilgan ariza qondirilgandan so‘ng undirishni qarzdor korxonaning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. II. Muddatida to‘lanmagan soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi xo‘jalik sudlari qarorlarini ijro etish 7. Xo‘jalik sudlari muddatida to‘lanmagan soliqlar va jarima sanksiyalarini hamda davlat bojlarini qarzdor korxonalar mol-mulki hisobidan undirib olish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarini Xo‘jalik protsessual kodeksining 210-moddasiga binoan bevosita qarzdor korxona joylashgan joydagi tegishli tuman (shahar) davlat soliq organlariga yuboradilar. Bunda, majburiy ijroga taqdim qilinadigan ijro hujjatlari «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasi talablari asosida rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. 8. Soliq organi xo‘jalik sudidan ijro hujjatini qabul qilib olgandan keyin uni maxsus kitobda ro‘yxatdan o‘tkazib, 3 ish kunidan kechiktirmasdan majburiy tartibda ijrosini ta’minlash uchun tegishli tuman (shahar) sud ijrochilari bo‘linmasiga kuzatuv xati bilan topshiradi. Kuzatuv xatida mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor korxona tomonidan to‘lab berilgan summa va undirilmay qolgan qarz miqdori, qarzdor korxonaning joylashgan manzili, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami, bankdagi depozit hisob raqami, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 9. Tuman (shahar) sud ijrochilari bo‘linmasi ijro hujjatlarining ushbu Yo‘riqnomaning 7-bandi ikkinchi xat boshidagi talablar asosida rasmiylashtirilganligini tekshirib qabul qilib oladi va ularning ijrosini «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonun talablari asosida amalga oshiradi. Agar ijro hujjati tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, sud ijrochisi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 24-moddasida belgilangan tartibda tegishli qaror chiqarib, ijro hujjatini uni taqdim qilgan soliq organiga qaytarib yuboradi. 10. Qarzdor korxona muddatida to‘lanmagan soliqlar va jarimalarni «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq sud ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda to‘lamagan taqdirda, sud ijrochisi qonunda belgilangan tartibda undiruvni qarzdor korxonaning mol-mulkiga qaratish choralarini ko‘radi. 11. Xo‘jalik sudi tomonidan berilgan ijro hujjatlaridagi talablar noaniq bo‘lsa, sud ijrochisi ushbu ijro hujjatini tushuntirib berishni so‘rab ijro hujjatini bergan xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilishga haqli. Xo‘jalik sudi tomonidan ushbu murojaat «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 31-moddasida belgilangan 10 kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi va natijalari yuzasidan tegishli sud ijrochilari bo‘linmasiga yozma ravishda tushuntirish beriladi. 12. Ijro hujjati yuzasidan olib borilayotgan majburiy ijro harakatlari xo‘jalik sudlari tomonidan to‘xtatilgan taqdirda, tegishli sud ijrochilari bo‘linmasi va soliq organlariga bu haqda kuzatuv xati bilan birga sudning majburiy ijro harakatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi ajrimi taqdim etiladi. 13. Xo‘jalik sudlarining qarorlariga asosan berilgan ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlashda bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi sud ijrochisi tomonidan aniqlanganda, bu haqda sud ijrochisi tegishli dalolatnoma tuzadi hamda «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 81-moddasi va Xo‘jalik protsessual kodeksining 218-moddasida belgilangan javobgarlik masalasini hal etish uchun mazkur dalolatnomani ilova qilgan holda tegishli ariza bilan o‘zi joylashgan joydagi xo‘jalik sudiga murojaat qiladi. Ushbu ariza xo‘jalik sudi tomonidan Xo‘jalik protsessual kodeksining 125-moddasida belgilangan muddatda va tartibda hal etilib, qabul qilingan sud hujjati mazkur Kodeksning 148-moddasida belgilangan muddatda tegishli sud ijrochilari bo‘linmasiga yuboriladi. 14. Xo‘jalik sudlarining ushbu toifadagi ijro hujjatlarini majburiy tartibda ijro etish jarayonida sodir etilgan Jinoyat kodeksining 232-233-moddalarida ko‘rsatilgan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha sud ijrochisi jinoiy javobgarlik masalasini hal etish uchun o‘zi joylashgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga to‘plangan hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi.
III. Qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirilgan mablag‘larning taqsimlanishi 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 18 martdagi «Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 147-sonli qaroriga muvofiq, ijro ishi bo‘yicha budjetga undirilgan summadan 10 foiz miqdordagi ajratmalar Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga (keyingi matnlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) o‘tkaziladi. Bunda, ijro hujjatlari bo‘yicha sud ijrochilari tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar soliq idoralari tomonidan qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalariga asosan undirilgan summalardan 10 foizli ajratma olinmaydi. 16. Sud ijrochilari tomonidan qarzdor korxonaning mol-mulkini bevosita sotish (realizatsiya qilish) natijasida undirilgan pul mablag‘lari avval sud ijrochilarining depozit hisob raqamlariga o‘tkazilib, ushbu mablag‘larning:
Bunda korxonaning bankdagi 29896 hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar tegishli soliq turlari bo‘yicha va soliq organlarining inkasso topshiriqnomalariga muvofiq proporsional ravishda respublika va mahalliy budjetlarning hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining hisob raqamlariga belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 17. Jamg‘armaga o‘tkazilgan 10 foizli ajratmaning qarzdor korxonalarning soliq organlaridagi shaxsiy hisob varaqlarida aks ettirilishi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 18. Soliq organi majburiy tartibda ijro etish uchun sud ijrochilari bo‘linmasiga taqdim etilgan ushbu toifadagi ijro hujjatida ko‘rsatilgan summa to‘liq undirilgandan so‘ng, o‘zi tomonidan qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalarini 10 foizli ajratmaga o‘tkazilgan pul mablag‘ini hisobga olgan holda ijrosiz qaytarib oladi va bu haqda ijro hujjatini majburiy tartibda ijro etish uchun taqdim qilgan sud ijrochilari bo‘linmasiga xabar beradi. 19. Davlat budjetiga undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan undirilgan summalar bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilib olish va tegishli hisob raqamlarga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan bank xizmatlari uchun bank muassasalari tomonidan foizlar olinmaydi. 20. Tuman (shahar) sud ijrochilari bo‘linmalari va davlat soliq organlari o‘rtasida ushbu toifadagi ijro hujjatlarining ijrosi yuzasidan har oyda keyingi oyning 5-sanasiga qadar o‘zaro tezkor ma’lumot almashib boriladi. 21. Joylardagi viloyat xo‘jalik sudlari, davlat soliq boshqarmalari va Departamentning hududiy bo‘limlari o‘rtasida ushbu toifadagi ijro hujjatlarining ijrosi yuzasidan har chorak yakunlari bo‘yicha joylardan olingan ma’lumotlar asosida taqqoslash ishlari amalga oshirilib, natijalari bo‘yicha Oliy xo‘jalik sudi, Davlat soliq qo‘mitasi va Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash Departamentiga mazkur Yo‘riqnomaga ilova etilayotgan shaklga muvofiq keyingi chorak birinchi oyining 5-sanasiga qadar ma’lumot taqdim etib boriladi. Muddatida to‘lanmagan soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi xo‘jalik sudlari qarorlarini ijro etish to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga ILOVA Muddatida to‘lanmagan soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi xo‘jalik sudlari qarorlarining ijrosi yuzasidan ____________ viloyati bo‘yicha ______ yilning ___-chorak holatiga
TAQQOSLASH DALOLATNOMASI
Izoh: *) “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun.
|