O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi

“Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
ADLIYA VAZIRLIGI


“O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA 
SAN’ATI FORUMI” JAMG‘ARMASI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
“O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI FORUMI” JAMG‘ARMASI
“TURONBANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI
O‘ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOSIASIYASINING
QARORI
 
“Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida


        Mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shuningdek yoshlarimizni milliy
va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biridir.

        Ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz rivojlanishining bugungi bosqichi aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, shu jumladan ularning huquqiy bilimlarini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Zero, huquqiy madaniyat inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarilishining muhim garovidir.

        Shu munosabat bilan, mamlakatimizda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, davlat mustaqilligini mustahkamlash, Vatanimizning munosib yosh avlodini huquqiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashga qo‘shgan hissasi, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ko‘rsatgan fidoyiligi, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida olib borayotgan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini amalga oshirayotgan huquq targ‘ibotchilarini aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, “Turonbank” aktsiyadorlik tijorat banki va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi qaror qiladi:

        1. “Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi” tanlovini har yili o‘tkazib borish joriy etilsin.
 
        tanlovni yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
        tanlov hay’atini tuzish va uning ishini muvofiqlashtirish;
        mazkur Nizomga ko‘ra, g‘oliblarni taqdirlash va rag‘batlantirish.

        3. Tanlovning Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkazilishi belgilansin.

        4. Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni yoritish O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

        5. Tanlovni o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.


                                                                    Adliya vaziri                                                                           N.Yo‘ldoshev
                                                                    Toshkent sh.,
                                                                    2011 yil 30 iyun,
                                                                    1-15-374/8-son
 
 
                                                                    “O‘zbekiston madaniyati va san’ati
                                                                    forumi” jamg‘armasi ijrochi direktori                            A.Isaxodjaev
                                                                    Toshkent sh.,
                                                                    2011 yil 30  iyun,
                                                                    254-son
 
 
                                                                    “Turonbank” aktsiyadorlik
                                                                    tijorat banki boshqaruvi raisi                                           D.Arifdjanov
                                                                    Toshkent sh.,
                                                                    2011 yil 30 iyun,
                                                                    3681/1-son
 
 
 
                                                                    O‘zbekiston elektron ommaviy axborot
                                                                    vositalari milliy assotsiatsiyasi
                                                                    boshqaruvi raisi                                                                  F.Abduxalikov
                                                                    Toshkent sh.,
                                                                    2011 yil 30 iyun,
                                                                    1/232-son
 


________________________________________________________________________________



                                                                                          
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi,
“O‘zbekiston madaniyati va san’ati
forumi” jamg‘armasi, “Turonbank” aktsiyadorlik tijorat banki,
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining
2011 yil 30 iyundagi
1-15-374/8,  254, 3681/1, 1/232-sonli qaroriga
2-ilova


 
NIZOM
 
I bob. Umumiy qoidalar
 
        1. Mazkur Nizom mamlakatimizda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, davlat mustaqilligini mustahkamlash, Vatanimizning munosib yosh avlodini huquqiy yetuk qilib tarbiyalashda qo‘shgan hissasi, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ko‘rsatgan fidoyiligi, shuningdek aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida olib borayotgan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini amalga oshirayotgan huquq targ‘ibotchilarini rag‘batlantirish maqsadida “Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi” tanlovini (bundan keyingi o‘rinlarda tanlov deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

        2. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etishi mumkin.

        3. Tanlov har yili Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkaziladi.

        4. Tanlovni o‘tkazish maqsadida tanlovning tashkiliy qo‘mitasi tuziladi.
        Tashkiliy qo‘mita quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
        tanlovni yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
        tanlov hay’atini tuzish va uning ishini muvofiqlashtirish;
        mazkur Nizomga ko‘ra, g‘oliblarni taqdirlash va rag‘batlantirish.

        5. Tashkiliy qo‘mitaning ishchi organi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Axborot xizmati hisoblanadi.
 
II bob. Tanlov nominatsiyalari
 
        6. Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
        “Jamiyatda huquqiy madaniyat va huquqiy ongni yuksaltirishga qo‘shgan hissasi uchun”;
        “Yoshlar orasidagi keng ko‘lamli huquqiy targ‘ibotga qo‘shgan hissasi uchun”;
        “Huquqiy targ‘ibotdagi fidoyiligi uchun”;
        “Ommaviy axborot vositalarida huquqiy madaniyatni keng targ‘ib qilganligi uchun”;
        “Huquqiy targ‘ibotni tashkil qilishdagi yaqin hamkorligi uchun”;
        “Eng yosh huquq targ‘ibotchisi”.
 
III bob. Tanlovga hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish
 

        8. Nomzodni taqdim etish haqidagi xatga quyidagi hujjatlar va materiallar ilova qilinishi lozim:
        nomzodning pasport nusxasi va anketasi;
        nomzodning so‘nggi ikki yil mobaynidagi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirgan ishlari va alohida yutuqlari (matbuotda chop etilgan va veb-saytlarda e’lon qilingan maqolalar va boshqa materiallar, bukletlar, plakatlar, risolalar, savol-javob va sharhlovchi qo‘llanmalar hamda huquqiy targ‘ibotni olib borilganligi to‘g‘risidagi boshqa tasdiqlovchi hujjatlar).
        Nomzodni taqdim etish haqidagi tavsiyanomada nomzodning ismi, familiyasi
va otasining ismi, faoliyati va ijodiy faoliyatining keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi haqidagi ma’lumotlar hamda tanlovga taqdim etish asoslari ko‘rsatiladi.

        9. Hujjatlar yilning
25 iyul kuniga qadar topshiriladi.

        10. Ishchi organ nomzodlarni alohida jurnalga qayd etadi va barcha hujjatlarni 30 iyul kuniga qadar tashkiliy qo‘mitaga taqdim etadi.
 
IV bob. Tanlov g‘oliblarini aniqlash
 
        11. Tanlov g‘olibi quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
        etakchi davriy nashrlarda (kamida beshta) aholining huquqiy savodxonligini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi;
        konferentsiyalar bosma nashrlarida maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi;
        aholi o‘rtasida kamida yigirma marotaba og‘zaki huquqiy targ‘ibot ishlarini (ma’ruza, davra suhbatlari, seminar, konferentsiyalar) o‘tkazilganligi;
        ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot ishlarini (plakat, buklet va boshqalar) mavjudligi;
        nomzodning sa’y-harakati yoki faoliyatining ijtimoiy ahamiyatga egaligi.

        b) “Yoshlar orasidagi keng ko‘lamli huquqiy targ‘ibotga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha:
        etakchi davriy nashrlarda (kamida beshta) yoshlarning huquqiy savodxonligini
va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi;
        yoshlar o‘rtasida kamida yigirma marotaba og‘zaki huquqiy targ‘ibot ishlarini (ma’ruza, davra suhbatlari, seminar, konferentsiyalar) o‘tkazilganligi;
        ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot ishlarini (plakat, buklet va boshqalar) mavjudligi;
        nomzodning sa’y-harakati yoki faoliyatining ijtimoiy ahamiyatga egaligi.

        v) “Huquqiy targ‘ibotdagi fidoyiligi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha:
        nomzod tomonidan jamiyatda huquq ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda aholini huquqiy savodxonligi oshirish qaratilgan yangi loyihalarni tashkil etilganligi;
        huquqiy davlatni barpo etish, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolar, shu jumladan tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi hissa;
        nomzodning sa’y-harakati yoki faoliyatining ijtimoiy ahamiyatga egaligi;
        fuqarolarning Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, davlat mustaqilligini mustahkamlashdagi hissa.

        g) “Ommaviy axborot vositalarida huquqiy madaniyatni keng targ‘ib qilganligi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha:
        jamiyatda huquq ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan kamida uchta telelavha;
        jamiyatda huquq ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan kamida uchta radioeshittirish;
        jamiyatda huquq ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan kamida uchta gezetadagi chiqish;
        jamiyatda huquq ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan kamida uchta jurnaldagi chiqish;

        d) “Huquqiy targ‘ibotni tashkil qilishdagi yaqin hamkorligi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha:
        jamiyatda huquq ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni muntazam ravishda yoritib borilganligi uchun;
        jamiyatda huquq ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar va boshqa loyihalarni amalga oshirishda qilgan homiylik uchun.

        e) “Eng yosh huquq targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha:
        etakchi davriy nashrlarda (kamida uchta) yoshlarning huquqiy savodxonligini
va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan maqolalar e’lon qilingan bo‘lishi;
        yoshlar o‘rtasida kamida o‘n marotaba og‘zaki huquqiy targ‘ibot ishlarini (ma’ruza, davra suhbatlari, seminar, konferentsiyalar) o‘tkazilganligi;
        ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibot ishlarini (plakat, buklet va boshqalar) mavjudligi;
        nomzodning sa’y-harakati yoki faoliyatining ijtimoiy ahamiyatga egaligi.

        12. Tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlov g‘oliblarini aniqlash maqsadida yuqori malakali huquqshunos olimlar hamda tajribali amaliyot xodimlaridan iborat tarkibda tanlov hay’ati tuziladi.
        Tanlov hay’ati har bir nominatsiya bo‘yicha kelib tushgan hujjatlarni yilning
20 iyul kunidan 15 avgust kuniga qadar ko‘rib chiqadi va nomzodlar orasidan tanlov g‘oliblarini aniqlaydi hamda bu to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
        Tanlov hay’atining qarori ochiq ovoz berish orqali, oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
        G‘oliblarni aniqlashda tanlov hay’ati ko‘rikda ishtirok etgan materiallar haqida jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarga tayanadi.

        13. Tanlov natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma hay’at a’zolari tomonidan imzolanadi.

        14. Tanlov hay’ati tomonidan tanlov natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorga sharh berilmaydi.
 
V bob. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
 
        Tegishli nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan nomzod shaxsan xabardor qilinadi.
        Esdalik nishonlar, diplomlar va statuetkalarning shakli tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilanadi.

        19. Tanlov natijalarini e’lon qilish hamda g‘oliblarni taqdirlash Mustaqillik bayrami arafasida barcha tanlovlar ishtirokchilari, tanlov hay’ati a’zolari, ijodiy jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari taklif qilingan holda amalga oshiriladi.
 
VI bob. Yakuniy qoidalar
 
        21. Tanlovni o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, “Turonbank” aktsiyadorlik tijorat banki, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining hamda homiylarning mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.

        22. Nomzodlar tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlar va materiallar bo‘yicha sharh berilmaydi va ular egalariga qaytarilmaydi.
Aloqaga chiqish Sayt shemasi