|
Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibiO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktabrdagi 469-son «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan me’yoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish, undagi ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, korxonalar va tashkilotlarga biror-bir jazo qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi. Me’yoriy hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish, qabul qilish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kuchga kirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2000 yil 16 oktabrdaga 124-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 979, 16.10.2000 y.) bilan tasdiqlangan «Idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish Qoidalari»da belgilangan. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolatlari doirasida me’yoriy hujjatlar qabul qiladilar. Me’yoriy hujjatni qabul qilish, agar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoishlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida vazirlik yoki idoraga tegishli bo‘lgan masalalarni me’yoriy tartibga solish yoki muayyan me’yoriy hujjatlarni qabul qilish vakolati belgilangan bo‘lsa, vazirlik yoki idora vakolatiga kiradi. Me’yoriy hujjatlar bir nechta vazirliklar va idoralar tomonidan qo‘shma yoki ulardan biri boshqalari bilan kelishilgan holda qabul qilinishi (chiqarilishi) mumkin. Me’yoriy hujjatni qabul qilishning birinchi bosqichi me’yoriy hujjat loyihasini tayyorlash hisoblanadi. Me’yoriy hujjat loyihasini tayyorlash vazirliklar va idoralarning bir yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmalariga, ularning vazifalari va vakolatlarini hisobga olgan holda, yuklatiladi. Bunda loyihaning tayyorlanishi uchun ma’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar doirasi, uning tayyorlanish muddati, zarurat bo‘lgan taqdirda, mazkur ishga jalb qilinadigan tashkilotlar aniqlanadi. Me’yoriy hujjat loyihasini tayyorlashda vazirliklar va idoralarning yuridik xizmatlari ishtirok etadi. Agar kelishilishi qonunchilikka muvofiq mujburiy hisoblanganda, shuningdek me’yoriy hujjatda boshqa vazirliklar va idoralarning manfaatlariga yoki vakolatlariga dahl qiluvchi qoidalar va me’yorlar mavjud bo‘lganda, me’yoriy hujjatning loyihasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilishi lozim. Loyihalari tayyorlanganidan keyin, me’yoriy hujjatlar tegishli buyruq yoki qarorni vazirlik yoki idora rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolash yo‘li bilan qabul qilinadi (tasdiqlanadi). Imzolar tegishli organning muhri bilan tasdiqlanadi. Nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar shaklida qabul qilinadigan me’yoriy hujjatlar ularni tasdiqlagan tegishli bo‘yruq yoki qarorga ilova qilinadi. Me’yoriy hujjat qabul qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida Adliya vazirligiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun jo‘natiladi. Bir nechta vazirliklar va idoralarning qo‘shma qabul qilgan me’yoriy hujjatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etish hujjatni imzolaganlar orasida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan organga yuklatiladi. Me’yoriy hujjatlar Adliya vazirligiga vazirlik va idora rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan uch nus’hada (asli va 2ta nus’hasi) taqdim qilinadi. Davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar yoki mahfiy tusdagi ma’lumotlar bo‘lgan me’yoriy hujjatlar ikkita nus’hada (asli va 1ta nus’hasi) taqdim qilinadi. Adliya vazirligiga ushbu hujjatlarning elektron versiyalari elektron tashuvchilarda (floppi disk, CD-ROM) taqdim qilinadi yohud ular elektron pochta tizimi orqali vazirlikka yuboriladi. Bir nechta vazirliklar va idoralar qo‘shma qabul qilingan me’yoriy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazinga taqdim etilganda taqdim eitilishi kerak bo‘lgan nus’halar soni me’yoriy hujjatni tasdiqlagan organlar soniga mutanosib ravishda ko‘payadi. Me’yoriy hujjatga me’yoriy hujjatni taqdim qilgan organ yuridik hizmati rahbari tomonidan imzolangan ma’lumotnoma (bir nus’hada) ilova qilinadi. Me’yoriy hujjat vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan taqdirda, ma’lumotnomada vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajarishni yuklash, shuningdek mazkur vazifalarni bajarish muddati ko‘rsatilgan tegishli farmoishli hujjatning rekvizitlari bo‘lishi kerak. Dapvlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilinganidan so‘ng Adliya vazirligi tomonidan me’yoriy hujjat huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan hujjat olingan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida amalga oshiriladi. Agar qonunchilikka zid bo‘lsa me’yoriy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi rad qilinishi mumkin. Bunda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan kundan boshlab o‘n kun ichida vazirlik yoki idora rahbari yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan me’yoriy hujjatni bekor qilish to‘g‘risida tegishli hujjat chiqaradi va uning nus’hasini Adliya vazirligiga jo‘natadi. Mazkur hujjat huquqiy normalarni o‘z ichiga olmasligi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga zururat bo‘lmasligi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan me’yoriy hujjat bekor qilinganidan keyin Adliya vazirligi xulosasi hisobga olingan holda puxta ishlab chiqilishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qayta taqdim qilinishi mumkin. Bunda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga takroriy taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi kerak. Shu bilan birga, me’yoriy hujjat vazirlik yoki idoraga bu hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilgan organning iltimosiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan Adliya vazirligi tomonidan qaytarilishi mumkin. Bunday holda vazirlik yoki idora O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishli xatni, shuningdek mazkur me’yoriy hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi hujjat nus’hasini jo‘natadi. Agar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjat huquqiy ekspertiza o‘tkazilishi natijasida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi degan qarorga kelinsa mazkuur hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etgan organga mazku qarorga kelish asoslari ko‘satilgan tegishli xulosa yuboriladi. Agar bunday hujjatga o‘zgartirishlar kiritilsa, huquqiy ekspertiza o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etiladi. Me’yoriy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Adliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Me’yoriy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi va bajarilishi kerak. Agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda me’yoriy hujjat shu sanadan kuchga kiradi. Bundan tashqari, me’yoriy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek kuchini yo‘qotgan deb topish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan, yohud bunga vakil qilingan organ t omonidan mazkur me’yoriy hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan me’yoriy hujjatlarga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan me’yoriy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan (bekor qilingan) dek topish to‘g‘risidagi hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
|