O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi

Davlat ro'yhatidan o'tkazish to'g'risida hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.08.2003 y. 357-sonli «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori.
(ko‘chirma)

II. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni hisobga qo‘yish

11. Tadbirkorlik subyektlarini yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga (shaxsan kelib yoki pochta orqali) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi ariza taqdim etiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga:
  • ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi (davlat korxonalari negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun notarial tasdiqlangan ta’sis hujjatlari talab etilmaydi);
  • tadbirkorlik subyektining pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat (fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno);
  • davlat bojining yoki ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imining belgilangan miqdori to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati (dehqon xo‘jaliklari, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno);
  • belgilangan tartibda shaharlar (tumanlar) statistika organlari tomonidan berilgan firma nomi to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • muhr va shtamp eskizlari uch nusxada ilova qilinadi.

12. Mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda:
  1. bozorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun - uni tashkil etishga shahar (tuman) hokimligining roziligi (yoki qarori);
  2. xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:
    • xorijiy muassis to‘g‘risida yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi savdo reyestridan ko‘chirma va O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan, bular mavjud bo‘lmagan taqdirda, muassis ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida legalizatsiya qilingan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlangan bankning tavsiya xati taqdim etiladi. (O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar bankning tavsiya xati va o‘z pasportlariga oid ma’lumotlar nusxasini taqdim etadi). Agar xorijiy muassisning korxona (tashkilot) ustav fondiga ulushi intellektual mulk hisoblansa, u holda ariza beruvchi baholovchi tomonida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan baholash to‘g‘risidagi xulosasini taqdim etishi kerak;
    • xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning ustav fondi 20 mln AQSH dollarini yoki undan ortiqni tashkil etgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona tashkil etish to‘g‘risidagi qarorining nusxasi;
    • har bir muassis tomonidan korxona ustav fondidagi ulushi miqdorining 30 foizi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (vaqtinchalik so‘mlardagi va valutadagi jamlovchi hisob raqamlariga pul mablag‘lari to‘langanligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kelinganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi, mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat, qo‘shilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar);
  3. bir shaxsdan ortiq shaxs tomonidan tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ta’sis yig‘ilishi (konferensiya) protokoli;
  4. cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarni va xo‘jalik shirkatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun har bir muassis tomonidan ustav fondiga ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan o‘z ulushining 30 foizi to‘langanligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi taqdim etiladi. Agar tadbirkorlik subyekti ustav fondi yoki uning bir qismi mulkiy ulush (ko‘chmas mulk, asbob-uskuna va boshqalar) yoki intellektual mulk hisobiga shakllantirilgan taqdirda bank ma’lumotnomasi talab qilinmaydi, ta’sis hujjatlaridagi ustav fondini shakllantirish manbalariga ko‘rsatma muassislar niyatini tasdiqlaydi;
  5. yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish yoki o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:
    • qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligini va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish to‘g‘risida axborot e’lon qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
    • qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning ularning barcha kreditorlari va qarzdorlariga, shu jumladan tomonlar da’volashayotgan majburiyatlarga nisbatan barcha majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris to‘g‘risidagi qoidalar ko‘rsatilgan topshirish dalolatnomasi (qo‘shib yuborishda va o‘zgartirishda) yoki bo‘lish vedomosti (bo‘lishda va ajratib chiqarishda);
    • ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning asl nusxasi, o‘zgartirilayotgan yuridik shaxsning muhri va shtampi (yuridik shaxsni o‘zgartirish yo‘li bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazishda taqdim etiladi).


Ariza (nomuna)

____________________________________ga
(ro‘yxat o‘tkazuvchi organning nomi)

___________________________________dan
(ariza beruvchining F.I.O.)


ARIZA
(zarur bo‘limlari to‘ldiriladi)

I. _____________________________________________________
(yuridik shaxsning o‘zbek tilidagi to‘liq va qisqartirilgan nomi)
_________________________________________________ni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishingizni iltimos qilaman.

Mulkchilik shakli:______________________________________
(jamoat (davlat) xususiy)

Tashkiliy-huquqiy shakli:
________________________________________________________
(AJ, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha majburiyatli jamiyat, to‘liq yoki kommandit shirkat, unitar korxona, xususiy korxona, ishlab chiqarish shirkati, fermer xo‘jaligi, yuridik shaxs tashkil etgan holda dehqon xo‘jaligi va boshqa tijorat tashkilotlari)

Ro‘yxatdagi xodimlarning taxmin qilinayotgan soni __________ kishi.

Pochta manzili:_______________________________________

Pochta indeksi:_____________ aloqa qilinadigan telefon:________
_______________________________________________________

II. Quyidagilarni:

a) _____________________________________________________
(tuman (shahar), obyektning manzili va yo‘nalishi)
manzilida joylashgan obyektni _________________________
_____________________________________________ munosabati bilan
(rekonstruksiya qilish maqsadi ko‘rsatilsin)
rekonstruksiya qilish uchun;

b) menga_________________________ huquqi bilan tegishli bo‘lgan
(mulkchilik yoki boshqa ashyoviy huquq asosida)

_______________________________________________________
(turar joy manzili)
_______________________________________________________
(binoning o‘zgartirish mo‘ljallanayotgan shakli va foydalanish maqsadi)
turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun;
v) ___________________________________________________
(tuman (shahar), manzil va boshqalar)
__________manzilida __________________________________
_____________________________________________________
(obyektning nomi va nimaga mo‘ljallanganligi ko‘rsatilsin)
__________________________________________________obyekt qurilishi uchun ishlab turgan muhandislik kommunikatsiyalariga ulashga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishingizni so‘rayman.
Muhandislik ta’minoti (gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya, telefon aloqasi) yuklamasi hisob-kitobi bilan birga loyihalashtirishga topshiriqni ishlab chiqishingizni va quyidagi taxmin qilinayotgan hisob-kitob sig‘imi bo‘yicha:
_________________________________________________________
(hisoblangan unumdorlik yoki boshqa dastlabki ma’lumotlar (ish o‘rinlari soni,
_________________________________________________________
ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmatlar, ishlar) hajmi, uskunaning asosiy
_________________________________________________________
parametrlari, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko‘rsatish uchun o‘rinlar,
_________________________________________________________
telefon aloqasiga bo‘lgan ehtiyoj va boshqalar)
_________________________________________________________
yoki quyidagi:

1. ____________ kub.m /soat gazga;
2. 2 fazali ___________ kVt/soat, 3 fazali __________ kVt/soat elektr energiyasiga;
3. _________ kub.m/soat suvga;
4. _____________telefon raqamiga telefon aloqasiga;
5. _________ Gkal/soat issiqlik energiyasiga;
6. ________ kub m/soat kanalizatsiyaga taxmin qilinayotgan ehtiyojlar uchun (arizachining tegishli hisob-kitoblari mavjud bo‘lgan taqdirda to‘ldiriladi) ushbu tarmoqlarga texnik shartlar bo‘yicha ulashga hujjatlarni rasmiylashtirishni so‘rayman.
_________________________________________________________

Arizaga qo‘shimcha ravishda ilova qilinadigan hujjatlar*:
1. ______________________________________
2. ______________________________________
3. ______________________________________


____________________
(ariza yozilgan sana)
________________________________________
(muassis yoki vakolatli shaxs-ariza beruvchining imzosi)
___________________
(ariza qabul qilingan sana)
_________________________
(ro‘yxatga oluvchi organning
mas’ul xodimi imzosi)
Aloqaga chiqish Sayt shemasi