O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi

Murojaatlar natijalari

30.09.2011
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga “Buxoro Tosh Kimyo” MChJ  rahbari Sh.Toshev 2011 yil 20 iyul kuni murojaat etib OAJ “Navoiy azot” bilan 2011 yili davomida 200 tn azotli fosfor yetkazib berish uchun 2010 yil 30 dekabrda 149-SB-sonli  shartnoma tuzilganiga qaramay, bor-yo‘g‘i 43 tn o‘g‘it berilganidan ya’ni 2011 yilning mart oyidan boshlab mahsulot berilmayotganidan noroziligini bildirdi.

Mazkur murojaat Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib muallifga 2011 yilning 5 avgust kuni yozma ravishda tegishli huquqiy tushuntirish berildi.

30.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga F.Irismetov murojaat etib Qibray tuman hokimligiga 2011 yilning 18 aprel kuni kuni  o‘z shaxsiy xo‘jaligida dehqon xo‘jaligini tashkil etish uchun ariza bilan murojaat etgani, mazkur masala o‘z yechimini topmayotganligi hamda arizasiga javob ham yo‘qligidan noroziligini bildirdi.

Mazkur murojaat tomonidan ko‘rib chiqilib 2011 yil 30 iyul kuni qonunbuzilish holatini bartaraf etish yuzasidan Qibray tuman xokimligiga taqdimnoma kiritilgan.

Qibray tuman xokimining 2011 yil 13 avgustdagi 1640 sonli qaroriga binoan   muallifga mazkur dexqon xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazilishiga ruxsat berilgan.


30.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga “Istiqlol” fermer xo‘jaligi rahbari T.Eshonboev 2011 yilning 6 iyul kuni murojaat etib qurilish uchun yer ajratib berish masalasida 2011 yilning iyun oyida  Toshkent viloyati xokimligiga barcha xujjatlar topshirilganiga qaramay javob berilmaganidan noroziligini bildirdi.

Mazkur murojaat tomonidan ko‘rib chiqilib muallifga joriy yilning 16 iyul kuni yozma ravishda huquqiy tushuntirish berildi.


30.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga “Qudratli nur” MChJning ta’sischisi S.Abdalimov 2011 yilning 5 iyul kuni murojaat etib “Zafar Omad Advokat” advokatlik byurosi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishda amaliy yordam so‘radi.           

Mazkur murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib muallifga joriy yilning 12 iyul kuni yozma ravishda huquqiy tushuntirish berildi.

30.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga “Balplast” qo‘shma korxonasi direktori N.Xasanov 2011 yilning 15 iyul kuni murojaat etib qo‘shma korxonaga ATS xodimlari tomonidan telefon liniyasi o‘tkazilishiga “Jahonaro Guldasa” uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari O.Mambetova  tomonidan qarshilik qilinib pul talab etilayotganligidan, mazkur masalada Sergeli tumani hokimligiga murojaat etilganiga qaramay yordam berilmayotganligidan noroziligini bildirdi.

Mazkur murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib qo‘shma korxonaning muammosi ijobiy hal etib berilgan.

Qo‘shma korxona rahbari joriy yilning 2 avgust kuni adliya boshqarmasiga xat yo‘llab ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.


30.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga “Xalil” fermer xo‘jaligi rahbari M.Abduraxmonova 2011 yilning 8 iyul kuni murojaat etib Oxongaron tuman hokimi tomonidan fermer xo‘jaligiga qarashli yerlar asossiz ravishda olib qo‘yilayotganidan va xo‘jalikka suv masalasidagi muammolar bo‘yicha yordam berilmayotganligidan hamda hokimning boshqa xatti-harakatlaridan norozi ekanini bildirdi.

Mazkur murojaat tomonidan ko‘rib chiqilib muallifga joriy yilning 15 iyul kuni yozma ravishda huquqiy tushuntirish berildi.


30.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga “Palaxmon Abdusattor” xususiy korxona rahbari I.Abdusattorov 2011 yilning 15 iyul kuni murojaat etib Paxtakor tumani cud ijrochilari bo‘limi xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirdi.

Mazkur murojaat Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan taalluqliligi bo‘yicha ko‘rib chiqilishi uchun joriy yilning 22 iyul kuni Sud ijro departamenti viloyat xududiy boshqarmasiga yuborilib bu haqida yozma ravishda muallifga ma’lum qilindi.

30.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga “Shoxrux-Gulrux” xususiy korxona rahbari  G.Sulaymonova 2011 yilning 14 iyul kuni murojaat etib Qashqadaryo viloyati Beshkent shahri FXDYo idorasi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvoxnoma rasmiylashtirilmayotganligidan norozilik bildirdi.

Mazkur murojaat Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib joriy yilning 27 iyul kungi xat bilan muallifga takroriy tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berilganligi va FXDYo bo‘limi tomonidan qonun talablari buzilmaganligi ma’lum qilingan.


30.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga “Shoxrux-Gulrux” xususiy korxona rahbari  G.Sulaymonova 2011 yilning 14 iyul kuni murojaat etib korxona balansida bo‘lgan Oloy bozori oldida o‘rnatilgan operator budkasi buzib tashlanganidan noroziligini bildirib mazkur budkani qaytarib olishda yordam  so‘radi.

Mazkur murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib muallifga 2011 yilning 8 avgust kuni yozma ravishda batafsil  tushuntirish berildi.


30.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga yakka tartibdagi tadbirkor B.Xasanov 2011 yilning 5 iyul kuni murojaat etib Chilonzor buyum bozori rahbariyatiga 2011 yilning may oyida ariza yozib buzib tashlangan do‘koni o‘rniga boshqa do‘kon berish so‘ralganiga qaramay xozirgi kungacha ham javob ololmay kelayotganidan norozi bo‘lib murojaat etdi.

Mazkur murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib muallifga joriy yilning 14 iyul kuni yozma ravishda huquqiy tushuntirish berildi.


30.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga “Sentral  mineraziya” MChJ rahbari A.Usmanov  murojaat etib Geologiya va Mineral ressurslar davlat qo‘mitasiga rangli toshlarni ishlab chiqarish uchun litsenziya berish haqida  tegishli to‘lovlar to‘lanib barcha hujjatlar 2009 yilining 21 may kuni taqdim etilganiga qaramay javob berilmayotganidan noroziligini bildirdi.

Mazkur murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib muallifga joriy yilning 2 avgust kuni yozma ravishda huquqiy tushuntirish berildi.


30.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga fuqaro A.Turobov 2011 yilning  30 iyun va 11 iyul kunlari murojaat etib baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligini tashkil etish uchun yer ajratilmayotganligidan noroziligini bildirdi.

Mazkur murojaatlar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib muallifga joriy yilning 15 iyul kuni yozma ravishda batafsil huquqiy tushuntirish berilgan.


30.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga yakka tartibdagi tadbirkorlar A.Sapaev va M.Shafivulinlar  2011 yilning 5 iyul kuni murojaat etib ular foydalanib kelayotgan yer maydonini yangi tashkil etilayotgan jamiyatga biriktirib berish masalasida joriy yilning 25 may kuni Bo‘stonliq tuman xokimligiga ariza bilan murojaat etishganiga qaramay javob berilmaganligidan noroziligini bildirdi.           

Mazkur murojaat tomonidan ko‘rib chiqilib muallifga joriy yilning 12 iyul kuni yozma ravishda huquqiy tushuntirish berildi.

30.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga “Oran aero train”MChJ direktori o‘rinbosari A.Vaxobov 14 ta boshqa tadbirkorlar nomidan 2011 yilning 7 iyul kuni murojaat etib Samarqand shahridagi “Sat tepo” maskani xududidagi “Sahovat” dehqon bozori oldidagi Savdo kompleksida  tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi bir guruh tadbirkorlar ”Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari bajarilmayotganligidan  hamda Samarqand shahar hokimining xatti-harakatlaridan norozi ekanliklarini bildirishdi.

Mazkur murojaat tomonidan ko‘rib chiqilib muallifga joriy yilning 26 iyul kuni yozma ravishda huquqiy tushuntirish berildi.

30.09.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga “Sherzod Shox Abbos” xususiy korxona rahbari G‘.Ermetov 2011 yil 18 iyul kuni murojaat etib “Mikrokreditbank”ning Urgench shahridagi filialiga 24 mln.so‘m miqdorida kredit olish uchun 2011 yilining 2 may kuni ariza bilan  murojaat etgangi, lekin hozirgi kungacha mazkur kredit summasining 12 mln.so‘mini olganligi, kreditning qolgan 12 mln. so‘mi esa 20 kundan beri berilmayotganligidan noroziligini bildirdi.

Mazkur murojaat Xorazm viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Adliya boshqarmasi tomonidan muallifga joriy yilning 29 iyul kuni yuborilgan javob xatida kredit shartnomasiga muvofiq kredit mablag‘lari to‘liq ajratilishi ta’minlanganligi va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilganligi ma’lum qilingan.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Toshkent shahar Amaliy san’at muzeyi qoshidagi xunar-san’at xunarmand markazi bosh ustasi B.Abdullaev 2011 yilning 30 iyun kuni murojaat etib  muzey direktori N.Tolipova tomonidan 2011 yilning 4 may kunidan boshlab usta va shogirdlar ish joyiga asossiz ravishda kiritilmayotganligi, buning oqibatida 50 ta usta va shogirdlar ishsiz qolganligi, shuningdek muzey mablag‘lari o‘zlashtirilayotganligi va boshqa noqonuniy holatlar yuzasidan noroziligini bildirdi.                     

Mazkur murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib muzey rahbari nomiga so‘rovnoma yuborildi. So‘rovnoma yuzasidan olingan javob xatida 2011 yil 6 iyul kunidan  boshlab usta va shogirdlar mehnat faoliyatini boshlaganligi ma’lum qilingan. Muallifga bu haqida 2011 yilning 18 iyul kuni yozma ravishda ma’lumot berildi.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga MChJ “Tegirmon Servis Invest” rahbari G‘.Tog‘aev 2011 yilning 27 iyun kuni murojaat etib jamiyat tenderda ishtirok etishi uchun “O‘zbektenderkonsalting” agentligiga to‘langan mablag‘ni qaytarib olish haqidagi da’vo ariza qanoatlantirilib mablag‘lar qaytarib olinganiga qaramay, kassatsiya instantsiyasi sudi da’vo arizani qaytadan ko‘rish uchun birinchi instantsiya sudiga yuborganligi va bu bosqichda da’vo ariza ko‘rilib rad etilganligi sababli xo‘jalik sudiga apellyatsiya shikoyati kiritilib jamiyatga amaliy yordam berilishi so‘raldi. 

Mazkur murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib Toshkent shahar xo‘jalik sudining 10-1014/19373-sonli ishi yuzasidan  appelyatsiya shikoyati kiritildi.

Murojaat muallifiga bu haqida 2011 yil 1 iyul kuni yozma ma’lumot yuborildi.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga yakka tadbirkor M.Yuldashev 2011 yilning 27 iyun kuni murojaat etib Mirzo Ulug‘bek tumani DSI xodimlarining xatti-harakatlaridan, shuningdek jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limining sobiq xodimi tomonidan undan olingan naqd pullar kirim qilinmaganligidan noroziligini bildirdi.

Mazkur murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib Mirzo Ulug‘bek tumani DSI ga so‘rov xati kiritilgan. Olingan javob xatida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida shaxsiy hisob varag‘iga ko‘ra qat’iy soliq va pensiya badalidan qarzdorlik yo‘qligi ko‘rsatilgan. Muallifga bu haqida 2011 yil 8 iyulda yozma ravishda ma’lumot yuborildi.
M.Yuldashev o‘zining muammosi adliya organlarining aralashuvidan keyin ijobiy hal bo‘lganligini yozma ravishda ma’lum qilib minnatdorchilik bildirgan.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Ma’mur-temir servis” xususiy korxona rahbari M.Raximjonov 2011 yilning 27 iyun kuni murojaat etib “O‘zsanoatqurilishbank”ning Qibray tumani filiali tomonidan xususiy korxonaga kredit ajratilmayotganligidan noroziligini bildirdi.

Mazkur murojaat Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib muallifga 2011 yilning 5 iyul kuni yozma ravishda tegishli huquqiy tushuntirish berildi.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Xorazm viloyati Xiva shahridagi “Barda suvchi” MChJ rahbari J.Maxmudov 2011 yilning 27 iyun kuni murojaat etib Xiva tumani hokimiyati tomonidan jamiyat uchun sanitariya gigiena qoidalariga mos bo‘lgan xona qurilishiga to‘sqinlik qilinayotganidan norozi ekanligini bildirdi.         

Mazkur murojaat Xorazm viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib muallifga 2011 yilning 12 iyul kuni yozma ravishda tegishli huquqiy tushuntirish berildi.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “SAMO” kichik korxonasi rahbari B.Yunusov 2011 yil 23 iyunda murojaat etib “Uzsanoatqurilishbank” OATB  Toshkent  viloyati  mintaqaviy  filiali  Kredit  komissiyasining  2011 yil 8 fevraldagi 10-sonli qarori bo‘lishiga va barcha tegishli hujjatlar 2011 yilning yanvar oyida taqdim etilganiga qaramay korxonaga 401,0 mln.so‘m miqdoridagi kredit ajratib berish masalasi hal bo‘lmayotganligidan noroziligini bildirdi.

Mazkur murojaat Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilib “Uzsanoatqurilishbank” OATB boshqaruvi raisi nomiga 2011 yil 27 iyunda so‘rov xati kiritildi.

“Uzsanoatqurilishbank” OATBning 2011 yil 12 iyuldagi javob xatida mijoz tomonidan barcha kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng kredit ajratish masalasi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganligi va hozirgi kunda kredit hujjatlari rasmiylashtirilayotganligi ma’lum qilingan.

Shuningdek,  “SAMO”  kichik  korxonasi  rahbari  B.Yunusovning  2011 yil 23 iyulda Adliya vazirligiga yo‘llagan tashakkurnoma xatida ko‘rsatilgan amaliy yordam tufayli kredit olingani va korxonaning 82 ta xodimi ishga qaytgani ma’lum qilinib ular nomidan Adliya vazirligi va xodimlariga minnatdorchilik bildirilgan.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Jizzax viloyati Paxtakor tumanida faoliyat yurituvchi yakka tadbirkor I.Abdusattorov 2011 yilning 21 iyun kuni murojaat etib Milliy bank Paxtakor tumani filiali tomonidan uning hisob raqami berkitib qo‘yilganligidan noroziligini bildirdi.

Mazkur murojaat Jizzax viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib muallifga 2011 yilning 13 iyul kuni yozma ravishda huquqiy tushuntirish berildi.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Shaxnoza Shabnam” xususiy korxona hisobchisi F.Sheraliev 2011 yilning 20 iyun kuni murojaat etib Sariosiyo tumani hokimiyatiga alkogolli ichimliklar bilan savdo qilish uchun olingan litsenziya muddatini uzaytirish uchun 1 yil oldin murojaat etgan bo‘lsada bu masala hal bo‘lmaganligi, shuningdek Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimi tomonidan tekshirishlarni qayd etish kitobi to‘ldirilmaganligidan noroziligini bildirdi.            

Mazkur murojaat Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib muallifga 2011 yilning 9 iyul kuni yozma ravishda huquqiy tushuntirish berilib, korxonaga  alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini  beradigan  maxsus ruxsatnoma  berish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va qonuniy to‘xtamga kelinishi haqida tuman hokimligiga ko‘rsatma kiritilganligi ma’lum qilindi.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Toshkent shahar Shayxontoxur tumanida joylashgan “Fervatad konsalting” MChJ rahbari A.Sayfutdinov 2011 yilning 14 iyun kuni murojaat etib Shayxontoxur tumani ro‘yxatdan o‘tkazish inspektsiyasi xodimlarining xatti-harakatlaridan, shuningdek jamiyatni qayta tiklash haqidagi arizasi qabul qilinmayotganligidan norozi ekanligini bildirdi.            

Mazkur murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib muallifga 2011 yilning 21 iyun kuni yozma ravishda tegishli huquqiy tushuntirish berilib “Fervatad konsalting” MChJni qayta tiklash muddati 2011 yil 15 sentyabrga qadar belgilanganligi ma’lum qilindi.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Umriniso Nurmuhammad Agro” xususiy  korxona  rahbari  O.Maxmudova  2011 yilning 9 iyun kuni murojaat etib imtiyozli ya’ni foizi kamroq bo‘lgan kredit olish masalasida Milliy bank va Agrobankning tuman filiallariga  murojaat etgani, lekin ular foizi yuqori bo‘lgan kredit berilishi mumkinligini ma’lum qilishayotganidan noroziligini bildirdi.           

Mazkur murojaat tomonidan o‘rganib chiqilib muallifga 2011 yilning 24 iyun kuni yozma ravishda tegishli huquqiy tushuntirish berildi.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Samarqand viloyati Qo‘shrobod tumanida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tadbirkor O.Ikromov 2011 yilning 9 iyun kuni murojaat etib kredit olish masalasi bo‘yicha tuman Halq bankining xodimlaridan noroziligini bildirgan.          

Mazkur murojaat Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib muallifga 2011 yilning 22 iyun kuni yozma ravishda tegishli huquqiy tushuntirish berildi.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Surxondaryo viloyati Termez shahridagi MChJ “Termez vohasi”  rahbari B.Xaitova 2011 yilning 9 iyun kuni murojaat etib jamiyatga elektr energiyasi o‘tkazishda Termez Davlat universiteti tomonidan to‘sqinlik bo‘layotganligidan noroziligini bildirdi.           

Mazkur murojaat Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib muallifga 2011 yilning 23 iyun kuni yozma ravishda javob berilib Termez Davlat universiteti tomonidan universitet xududidan  yer ostidan elektr kabellarini o‘tkazilishiga ruxsat berilganligi ma’lum qilindi.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani faoliyat yuritib kelayotgan “Muxammad Ali” fermer xo‘jaligi rahbari Sh.Atiev 2011 yilning 9 iyun kuni murojaat etib “Ipoteka bank” OATB Chirchiq shahar filiali kredit bo‘limi tomonidan fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan pul mablag‘larini o‘zboshimchalik bilan “Akbar” firmasining hisob raqamiga o‘tkazib yuborilganligidan noroziligini bildirdi.

Mazkur murojaat  tomonidan o‘rganib chiqilib muallifga 2011 yilning 23 iyun kuni yozma ravishda tegishli huquqiy tushuntirish berildi.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Bekobod  shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “Ro‘yi Zamin” xususiy firma rahbari X.Xakimova 2011 yilning 9 iyun kuni murojaat etib Toshkent viloyati hokimining 2010 yil 12 yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan  bozor xududidagi barcha savdo shahobchalari har oyiga 1 kv.metr joy uchun 1200 so‘mdan, 2011 yildan boshlab esa 1700 so‘mdan pul to‘lashi shart degan talabdan hamda shu masalada Bekobod savdo kompleksi tomonidan yuborilgan ogohlantirish xatidan  noroziligini bildirgan.          

Mazkur murojaat tomonidan o‘rganib chiqilib muallifga 2011 yilning 16 iyun kuni yozma ravishda tegishli huquqiy tushuntirish berildi.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga  Toshkent shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “GT  SYSTEMS” MChJning rahbari A.Karimov 2011 yilning 6 iyun kuni murojaat etib ko‘chma chakana savdoni vaqtincha amalga oshirish dislokatsiya xujjati bo‘yicha qator tegishli idoralar tomonidan e’tiroz yo‘qligi ma’lum qilinganiga qaramay Savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va halq iste’mol mollari ishlab chiqarish departamenti tomonidan imzolanmayotganidan norozi ekanligini bildirdi.             

Mazkur murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib muallifga 2011 yilning 22 iyun kuni yozma ravishda tegishli huquqiy tushuntirish berildi.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Surxondaryo viloyati “Boysun” bozori savdo xarid bo‘limi boshlig‘i N.Yo‘ldoshev 2011 yilning 6 iyun kuni murojaat etib Boysun tumani G‘aznachilik bo‘limi tomonidan ba’zi mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish uchun ruxsat berilmayotganligidan hamda barcha qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlarni ham birja orqali sotish talab qilinayotganligidan norozi ekanligini bildirdi.

Mazkur murojaat Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib muallifga 2011 yilning 14 iyun kuni yozma ravishda uning keltirgan vajlari asossiz ekanligi ma’lum qilinib tegishli huquqiy tushuntirish berildi.


28.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi «Sohib-Suxrob» xususiy savdo do‘koni hisobchisi B.Buzrukova 2011 yilning 6 iyun kuni murojaat etib   tuman hokimligi  va mahalla oqsoqoli tomonidan mazkur do‘konga savdo qilish uchun aholiga zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ajratib berilmayotganligidan norozi ekanligini bildirdi.

Mazkur murojaat Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib muallifga 2011 yilning 14 iyun kuni yozma ravishda tegishli huquqiy tushuntirish berildi.


30.06.2011

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi yakka tadbirkor B.Raximov  murojaat etib u tomonidan Xitoy davlatidan olib kelingan kafel mahsulotlari  uchun jami 26 mln. so‘mdan iborat bo‘lgan bojxona to‘lovlari to‘langaniga qaramay, Chuqursoy bojxona posti xodimi R.Do‘smatov tomonidan bugungi reja to‘lganligi sabab etib ko‘rsatilib hujjatlar rasmiylashtirilmayotganidan norozi ekanini bildirdi.

Mazkur murojaat muallifiga “Ishonch telefoni” mas’ul xodimi tomonidan shu kunning o‘zida tegishli tushuntirishlar berilishi bilan birga, yuqori turuvchi bojxona xodimlari bilan telefon orqali bog‘lanib tadbirkor moddiy zarar ko‘rmasligi uchun mazkur holatni ko‘rib chiqib qonun doirasida unga amaliy yordam berilishi aytildi.

Tadbirkor tomonidan 2011 yilining 24 iyun kuni Adliya vazirligiga  yo‘llangan rahmatnoma xatida “Ishonch telefoni” mas’ul xodimining say-harakati va amaliy yordami tufayli mavjud muammo qisqa muddat ichida ijobiy hal bo‘lganligi ma’lum qilinib mas’ul xodimga va Adliya vazirligiga minnatdorchilik bildirilgan.



30.06.2011
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga yakka tartibdagi tadbirkor Ye.Ashurova 2011 yilning 9 iyun kuni murojaat etib xususiy tadbirkor sifatida 2011 yilning 1 iyun kuni ro‘xatdan o‘tkazilganligi va shu munosabat bilan Qibray tumani Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspektsiyasi tomonidan eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorida to‘lov olinganligidan norozi ekanligini bildirdi.

Mazkur murojaat tomonidan o‘rganib  chiqilib  aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish haqida 2011 yilining  20 iyun kuni Qibray tumani hokimi N.Muxamedov nomiga taqdimnoma kiritildi. 


 
30.06.2011
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga «Jayroncha-Marjona-Baraka» xususiy korxona rahbari K.Babasheva 2011 yilning 9 iyun kuni murojaat etib Halq bankining Oqqurg‘on tuman filiali tomonidan foyizi 14 % dan iborat bo‘lgan kredit olish uchun barcha hujjatlar joriy yilning aprel oyida taqdim etilib garov mulki ham aniq bo‘lganiga qaramay, mazkur masala ijobiy hal bo‘lmayotganligidan hamda endilikda kredit foyizi 16% bo‘lishi ma’lum qilinayotganidan norozi ekanligini bildirdi.

Mazkur murojaat Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib  chiqilib  aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish haqida 2011 yilining  20 iyun kuni DT “Halq banki” Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Z.Davlatov nomiga  taqdimnoma kiritildi.

 
30.06.2011
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga ”MURAD-MN” MChJ bosh hisobchisi  G.Raimkulova 2011 yilning 9-iyun kuni murojaat etib bir yil oldin o‘rnatilgan gaz o‘lchagich moslamasini Toshkent shahrida joylashgan “O‘zgazloyiha” MChJ tomonidan ishlab chiqilayotgan mebel tsexini gazlashtirish loyihasida boshqasiga ya’ni narxi qimmat bo‘lgan moslamaga almashtirish ko‘zda tutilayotganligidan va jamiyat faoliyati davomida shunga o‘xshash muammolar bo‘layotgani uchun joriy yilning fevral oyidan buyon o‘z faoliyatini boshlay olmayotganligini ma’lum qildi.

Mazkur murojaat muallifiga “ishonch telefoni” mas’ul xodimi tomonidan shu kunining o‘zidayoq tegishli tushuntirishlar berilishi bilan birga, “O‘zgazloyiha” MChJ mas’ul xodimlari bilan ham telefon orqali bog‘lanib tegishli maslahatlar berildi va jamiyat o‘z faoliyatini tezdan boshlashi uchun amaliy yordam berilishi so‘raldi.

”MURAD-MN” MChJ direktori tomonidan 2011 yilining 23 iyun kuni Adliya vazirligiga  tashakkurnoma xati yo‘llanib “Ishonch telefoni” mas’ul xodimining say-harakati va amaliy yordami tufayli mavjud muammo qisqa muddat ichida ijobiy hal bo‘lganligi ma’lum qilinib adliya vazirligiga tashakkur bildirilgan.

 
30.06.2011
Namangan viloyatidagi “Usta Adash Abdulla Karim” MChJ rahbari K.Abdullaevning ATB “Agrobank” Chortoq filiali tomonidan jamiyat hisob raqamidagi mablag‘ tegishli joylarga o‘tkazilmayotganligidan va to‘lov topshiriqnomalarini ijro qilinishida muammolar bo‘layotganligidan norozi  bo‘lib Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga joriy  yilning 30 may kuni qilgan murojaati Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaat o‘rganib chiqilib bank filiali tomonidan kelgusida bunday qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohnoma kiritildi.

 
30.06.2011
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga ”FARTUNA STIL TRANS” sho‘ba korxona direktori A.Jumaev 2011 yilning 24-may kuni murojaat etib Trastbank Toshkent shahar filialidan 20 mln.so‘m kredit ajratish so‘ralganiga va kredit olish masalasida 2011 yil fevral oyida murojaat etilganiga hamda bank tomonidan korxona so‘ragan kredit summasi 12 mln.so‘m etib kamaytirilgan bo‘lishiga qaramay bu kreditni haligacha ololmay kelayotganidan norozi ekanligini bildirdi. Mazkur murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib bank filiali boshqaruvchisi nomiga qonun buzilish holatlariga takroran yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohnoma kiritildi.

”FARTUNA STIL TRANS” sho‘ba korxona direktori A.Jumaev joriy yilning 30-may kuni adliya boshqarmasiga xat yo‘llab uning murojaatidagi masalalar ijobiy hal bo‘lganligini ma’lum qilgan.


 
30.06.2011
“Flagman-Com” MChJ rahbari O.Eliseevaning Toshkent shahar ekologiya va tozalikni nazorat qilish alohida militsiya batal’oni xodimining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga qilgan murojaati Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Murojaat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumaniga biriktirilgan militsiya xodimi X.Otamurodovdan olingan tushuntirish xatida u mazkur jamiyatga 2011 yilining 15 may kuni kirib hech qanday buyruq taqdim etmasdan o‘zini tanishtirganini hamda “Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni to‘ldirmasdan sanitariya holati yuzasidan jamiyat xodimlarini ogohlantirganligini, bu haqida jamiyat rahbari Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga qilgan murojaatidan so‘ng hech qanday dalolatnoma rasmiylashtirmasdan tekshiruv o‘tkazmaganligini ma’lum qilgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar ekologiya va tozalikni nazorat qilish alohida militsiya batal’oniga qonun buzilishlariga takroran yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohnoma kiritildi.



18.05.2011

Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Qiziltepa tumanidagi “Amin ota” fermer xo‘jaligi raisi A.Bakoevning Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga  qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasida, “Amin ota” fermer xo‘jaligi tomonidan “O‘zprommashimpeks”DAK hisob raqamiga ortiqcha to‘langan 3000000 so‘mni                 qaytarishni so‘rab taqdimnoma kiritildi.

Mazkur  taqdimnomaga asosan ortiqcha to‘langan 3 000 000 so‘m miqdoridagi pul  “O‘zprommashimpeks”DAKning 2011 yil 16 may kunidagi  1245-sonli to‘lov topshiriqnomasi bilan  “Amin ota” fermer xo‘jaligining TIF “Milliy bank” Qiziltepa tumani filialidagi kredit hisob raqamiga qaytarib to‘lanishi ta’minlandi.


 
16.05.2011
Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Bekobod QFY, Bachqir qishlog‘ida yashovchi yakka tadbirkor M.Boboxonov Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga murojaat qilib OATB “Agrobank”ning Yangiqo‘rg‘on filialidan 20 000 000 so‘m miqdorida kredit olish masalasida yordam berishni so‘radi.

Mazkur murojaat Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi xodimi, bank filiali boshqaruvchisi hamda M.Boboxonov jalb etilgan holda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida M.Boboxonov bank filialiga 15.04.2011 yili ariza taqdim etgani, qo‘shimcha hujjatlarni esa 25.04.2011 yili taqdim etgani, mazkur arizalar 25.04.2011 yili kirim qilinganligi, ariza 26.04.2011 yili bank kredit qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilib tadbirkorga 18 000 000 so‘m kredit ajratib berish mumkinligi to‘g‘risida ijobiy xulosa berilganligi aniqlangan.

Shuningdek, bank filiali boshqaruvchisiga kelib tushgan arizalar o‘z vaqtida kirim qilinishi zarurligi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Yakka tadbirkor M.Boboxonov o‘zining yozma ma’lumotnomasida hozirgi kunda bank tomonidan unga kredit ajratilayotganligini va “ishonch telefoni”ga qilgan murojaati ijobiy hal etilganligini ma’lum qilgan.



12.05.2011

Yakka tartibdagi tadbirkor Yu.To‘laganovning “O‘rikzor ixtisoslashgan bozori” MChJ ma’muriyatidan norozi bo‘lib Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga qilgan murojaati Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan   o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida bozor ma’muriyati tadbirkorga savdo faoliyatini amalga oshirishi uchun joy ajratishlik yuzasidan shartnoma tuzishni so‘rab qilgan murojaatiga munosabat bildirilmayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Yakka tartibdagi tadbirkor Yu.To‘laganov o‘z xatida murojaatni o‘rganish jarayonida, adliya idoralari xodimlarining aralashuvidan so‘ng mazkur masala ijobiy hal bo‘lganligini ma’lum qilgan.
 


12.05.2011
Toshkent  viloyati Yuqorichirchiq tumanida joylashgan “Indira” MChJ rahbari D.Xolyigitovning Yuqorichirchiq tumanidagi OATB “Agrobank” filiali xodimlarining harakatidan norozi bo‘lib Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga qilgan murojaati Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib, aniqlangan qonunbuzilishlarini bartaraf etish yuzasidan OATB “Agrobank”ning Toshkent viloyati boshqarmasiga 2011 yil 11 aprelda taqdimnoma kiritilgan.

Mazkur taqdimnoma ijrosi yuzasidan 2011 yil 21 aprelda olingan 14/yur-028 sonli ma’lumotnomada OATB “Agrobank” filiali xodimi G.Batirbekovaga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganligi ma’lum qilingan.
 


03.05.2011
Shayxontoxur tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Xayriya” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari R.Gaynulina soliq qonunchiligini qo‘llash bo‘yicha huquqiy tushuntirish berishlikni so‘rab Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga  murojaat  qilgan.           

Mazkur murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilib muallifga Soliq  kodeksining 7-bob, 45-moddasida soliq hisobotini taqdim etish tartibi ko‘rsatilganligi, shuningdek, hisobotlarni taqdim etish muddatlari har bir soliq turi elementlariga qarab alohida tarzda belgilanishi haqida yozma ma’lumot berildi.


03.05.2011 
Joriy yilning 15 aprel kuni tadbirkor R.Sofoev turar joy binosini noturar joy binosiga o‘tkazib berishni so‘rab Toshkent shahar Olmazor tuman hokimligi xuzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspektsiyasiga ariza berganligi va ushbu arizaga bir yarim oydan beri javob ololmaganligidan norozi bo‘lib Adliya vazirligining “ishonch telefoni”ga murojaat qilgan. 

Mazkur murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilib qonun buzilish holatiga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudiga yuborildi.



26.04.2011
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan fuqaro U.T. Raximovning vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali 2011 yil 15 aprelda qilingan murojaati ko‘rib chiqildi.

Ushbu murojaatda Adliya vazirligi saytida yuridik shaxslar birlashmalarinig ro‘yxati yangilash so‘ralgan. Shunga ko‘ra vazirlik veb-saytida joylashtirilgan yuridik shaxslar birlashmalarinig ro‘yxati yangilandi.

Qo‘shimcha tarzda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi gi PQ-357-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 20 avgustdagi tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomlarga muvofiq korxona va tashkilotlarning Yagona davlat registri tomonidan yuritilishi ma’lum qilinadi.


20.04.2011
Joriy yilning 1 aprel kuni «VINI VIDI VICI» MCHJ rahbari M.Qodirov Shayxontoxur tumani Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyasi xodimlari tomonidan jamiyat nizomiga o‘zgartirish kiritish jarayonida qo‘shimcha hujjatlar talab etilayotganligidan norozi bo‘lib “ishonch telefoni”ga murojaat qilgan. Mazkur murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilib inspeksiya rahbari nomiga ogohnoma kiritilgan. Buning natijasida jamiyatning muammosi inspeksiya tomonidan ijobiy hal etib berilgan.


 

Aloqaga chiqish Sayt shemasi