Ozbekiston Respublikasi adliya vazirligi

Vazir haqida

        Yoldoshev Nigmatilla Tolqinovich 1962 yil 5 noyabrda Toshkent shahrida tugilgan. Malumoti oliy, huquqshunos. 1985 yilda Toshkent Davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
 
        Mehnat faoliyatini 1986 yilda Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokuraturasining ish organuvchisi lavozimida boshlagan. 1991-2000 yillarda  Toshkent shahar Yunusobod tuman prokuraturasining tergovchisi, Toshkent shahar prokuraturasining katta tergovchisi, Ozbekiston Respublikasi prokuraturasi ichki ishlar vazirligi idoralarida tergov va surishtiruv ustidan nazorat boshqarmasi prokurori, tergov Bosh boshqarmasining tashkiliy-uslubiy bolimi boshligi, 2000-2003 yillarda Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki xavfsizlikni taminlash inspektsiyasining boshligi,  2003-2006 yillarda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Davlat maslahatchisi xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari boyicha yetakchi inspektori, 2006-2008 yillarda Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligi, 2008-2011 yillarda Ozbekiston Respublikasi Bosh prokurorining orinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

        Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2011 yildagi PF4323-son Farmoni bilan N.Yoldoshev Ozbekiston Respublikasi Adliya vaziri etib tayinlandi.
Aloqaga chiqish Sayt shemasi