O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – inson huquq, erkinliklari va manfaatlari himoyasi kafolati

“TOShKENT PALAS” mehmonxonasining konferets-zalida Adliya vazirligi, “Mintaqaviy muloqat” (Sloveniya)ning O‘zbekistondagi filiali va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti o‘zaro hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – inson huquq, erkinliklari va manfaatlari himoyasi kafolati” mavzusidagi davra suhbati tashkil etdi.

        Davra suhbatida Oliy Majlis a’zolari, vazirliklar, idoralar va maussasalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek akrreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Davra suhbatida 100 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

        Ishtirokchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi milliy va umuminsoniy qadriyatlarini xurmat qilishda, davlatning izchil rivojlanishida, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda, demokratik tamoyillarni amalga oshirishda ishonchli huquqiy kafolat vazifasini o‘tashi ta’kidlandi. U davlat va jamoatchilik qurilishining asosiy tamoyillarini ifodalaydi. Davlat hokimiyati tizimining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi uning zaruriy tamoyillaridan biridir. Konstitutsiyada mustahkamlangan tamoyillar jamiyat xayotida va davlat hokimiyatining barcha sohalarda o‘z ifodasini topganligi bildirildi.

        Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zining 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontsepsiyasi” nomli dasturiy ma’ruzasida mamlakatni demokratik rivojlantirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy tamoyillarini belgilab berilishida 1992 yil dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyaning o‘rni muhim ekanligi bildirib o‘tilganligi ta’kidlandi.

        Davra suhbati yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida aks ettirilgan tamoyillar, shuningdek unda inson huquqlari va erkinliklarining mustahkamlab qo‘yilishi erishilgan yutuqlarga asos sifatida xizmat qilayotganligi haqida xulosaga kelishdi.  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligi fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlanishida erishilgan asosiy yutuqlarga xizmat qiladi. Unda mustahkamlangan qoidalar fuqaroviy kelishuv, umuminsoniy qadriyatlar, birodarlik ana’analari, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarini hurmat qilishga, ulug‘ maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi. Bu huquq va erkinliklar jamiyat xayotining barcha sohalarini rivojlantirishda mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.
        
Adliya vazirligi
Axborot xizmati
Aloqaga chiqish Sayt shemasi