O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasining tashabbusi bilan Adliya vazirligida hujjjatlar bilan ishlashda ijro intizomini yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha amaliy seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Adliya vazirining o‘rinbosari Q.Tog‘aev olib bordi.
        
        O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakillari, Adliya vazirligi markaziy apparati boshqarmalari hamda hududiy adliya organlarining mas’ul xodimlari ishtirok 
etgan seminar-yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari asosida hujjatlar bilan ishlash, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Hukumat qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda o‘z qarorlarining ijrosini nazorat qilishni tashkillashtirish masalalari bo‘yicha amaliy ish tajribasi, shuningdek, hujjatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

        Jumladan, Vazirlik tomonidan ish yuritish, hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi, tegishli idoraviy hujjatlar qabul qilindi.

        O‘tkazilayotgan hay’at majlislarida tizimdagi idora rahbarlariga ijro intizomini mustahkamlash borasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan topshiriqlarga jiddiy e’tibor qaratish, nazoratdagi hujjatlarning ijrosini tezkor yig‘ilishlarda tanqidiy tahlil qilib borish, ularning ijrosi bo‘yicha monitoring ishlarini amalga oshirish, maqsadli va kompleks o‘rganishlarda hujjatlarni kirim qilish, hisobini yuritish va ijrosini tashkillashtirish masalalariga ahamiyat berish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib kelinmoqda.

        Seminarda so‘zga chiqqanlar Adliya vazirligida hujjatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayoni, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi sohasidagi amaliyot va muammolari haqida to‘xtalib, ushbu sohadagi ishlarni yanada yaxshilash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

        Seminar natijalari yuzasidan mas’ul xodimlarning bilim-saviyasini yanada oshirish maqsadida hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilish, ijro intizomini mustahkamlash masalalari bo‘yicha metodik tavsiyalar to‘plami, yig‘ilish materiallari va slaydlar tarqatildi.
 
Tashkiliy nazorat va
 tahlil boshqarmasi
Aloqaga chiqish Sayt shemasi